Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Klopp kamroq pul sarflab ko‘proq natija qayd etdi

Klopp kamroq pul sarflab ko‘proq natija qayd etdi

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp qo‘l ostidagi "Liverpul" Premyer-liganing boshqa top klublariga qaraganda transferlarga kamroq mablag‘ sarfladi.

Nemis mutaxassisi “qizillar”ni 2015 yilning oktyabrida qabul qilib olgandi. Daily Mail hisob-kitoblariga ko‘ra, klub bu vaqt ichida 807 million funt sterling sarflagan. Agar klub sotib yuborgan transferlarni hisobga olsak, qoldiq - 254 million funtni tashkil qiladi.

Katta oltilikda hech kim yillar davomida bunchalik kam mablag‘ sarflamagan. “Manchester Siti” yangi kelganlar uchun 1,28 milliard funt (yo‘qotish – 692,3 million), “Manchester Yunayted” – 1,17 milliard (888 million), “Chelsi” – 1,79 milliard (835,7 million), “Arsenal” – 1,02 milliard (696,2 million), “Tottenxem” – 863,4 million (484 million) to‘lagan.

Klopp “Liverpul”dagi faoliyati davomida APL, Angliya kubogi, Liga kubogi, Angliya Superkubogi, Chempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 00:39, 27.01.2024.
O'qildi: 1713 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик