Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«Navbahor» navbatdagi bahsda imkoniyat boy berdi

«Navbahor» navbatdagi bahsda imkoniyat boy berdi

Baho:
+ | -

Ayni paytda Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan «Navbahor» bugun Bolgariyaning “Spartak” (Varna) klubiga qarshi navbatdagi nazorat bahsini o‘tkazdi.

Mazkur o‘yinda “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan quyidagi futbolchilarni maydonga tushirdi:

Aleksandr Lobanov, Filip Ivanovich, Alijon Alijonov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Azimjon Ahmedov, Siyavash Haqnazari, Abrorbek Ismoilov, Toma Tabatadze, Yovan Jokich, Asadbek Sobirjonov, Ozodbek O‘ktamov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Dostonbek Abdulhayev, Navro‘zbek Iminjonov, Ruslanbek Jiyanov, Giorgi Nikabadze.  

Ushbu bellashuvda bolgariyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ta’kidlash joizki, uchrashuvdagi barcha gollar 1-bo‘limda urildi.

“Spartak” futbolchilari bahsning 16 va 19-daqiqalarida to‘p kiritishgan bo‘lsa, 22-daqiqada mazkur o‘yinda jamoamizni sardor sifatida maydonga boshlab tushgan tajribali yarim himoyachi Azimjon Ahmedov 20 metrlar chamasi uzoqlikdan varnaliklar darvozasini aniq nishonga olgan holda, hisobdagi farqni qisqartirdi – 2:1.

Garchi 2-bo‘limda “lochinlar” muvozanatni tiklashga harakat qilishgan bo‘lsada, hujumlar yakuniga yetmadi hamda hisob o‘zgarishsiz qoldi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:45, 27.01.2024.
O'qildi: 1542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик