Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Tata Steel Chess 2024. Nodirbek Abdusattorov tay-brekda yaqqol g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Tata Steel Chess 2024. Nodirbek Abdusattorov tay-brekda yaqqol g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning Veyk an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha Tata Steel Chess 2024 turnirida g‘oliblarni aniqlash maqsadida 4 sportchi o‘rtasida tay-brek bahslari o‘tkazildi.

Yarim finalda Nodirbek Abdusattorov - Vey Yi (Xitoy), Domaradju Gukesh (Hindiston) - Anish Giri (Niderlandiya) juftliklari to‘qnash kelishdi. Blis formatida tomonlar ikkitadan o‘yin o‘tkazishdi.

Abdusattorov dastlab qora donalarda o‘ynab, g‘alabaga juda va juda yaqin keldi. Ammo o‘yin so‘ngida birgina noaniq yurish tufayli Vey Yi doimiy shoh berish imkoniyatini qo‘lga kiritdi va bahs durang bilan tugadi.

Nodirbek oq donalarda ham ustunlikka ega bo‘ldi. Biroq seytnotdagi noaniq yurish tufayli hamyurtimiz mag‘lubiyatga uchradi — 0,5 - 1,5.

Ikkinchi yarim finalda esa Gukesh Girini mag‘lub etib, finalga chiqdi. Shu tariqa, o‘tgan yilgi musobaqada 1 va 2-o‘rinni egallagan shaxmatchilar bu safar 3-o‘rin bilan cheklanishdi.

Vey Yi va Domaradju Gukesh o‘rtasidagi final jangida bahsida xitoylik shaxmatchi g‘alaba qozondi (1,5 - 0,5) va musobaqa g‘olibiga aylandi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:15, 28.01.2024.
O'qildi: 3735 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик