Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Levandovski o‘zining o‘yinida qachon pasayish boshlanganini aytdi

Levandovski o‘zining o‘yinida qachon pasayish boshlanganini aytdi

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski joriy mavsumda o‘zining o‘yini borasida fikr bildirdi.

"2023 yilda shunday vaqt bo‘ldiki, o‘zimni nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan kuchsiz his qildim. Joriy mavsumda barcha yomon narsalar birdaniga boshlandi. Barchasi yig‘ilib qoldi.

Albatta, men ham xatolar qildim. Shunday vaziyatga tushib qoldimki, qayta o‘zimga kelib olishim uchun haddan tashqari ko‘p vaqt kerak bo‘ldi. Futbolda esa 1-2 hafta ichida bunga erishish oson emas.

Hali yaxshi kunlar oldinda ekaniga ishonaman. Buning alomatlarini ko‘ryapman, ammo 2023 yilda mendagi alanga so‘nib qolgan payt bo‘ldi", – dedi 35 yoshli futbolchi.

Levandovski joriy mavsumda La liga doirasida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 gol va 5 assist muallifiga aylandi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 11:00, 02.02.2024.
O'qildi: 2425 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик