Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Lisenzion qit’a birinchiligi oldidan Osiyo og‘ir atletika federasiyasining Kongressi o‘tkazildi

Lisenzion qit’a birinchiligi oldidan Osiyo og‘ir atletika federasiyasining Kongressi o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Bugun poytaxtimizda start olayotgan og‘ir atletika bo‘yicha qit’a birinchiligi doirasida Osiyo og‘ir atletika federasiyasining navbatdagi Kongressi o‘tkazildi.

Tadbirda Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi (IWF), O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston MOQ, Osiyo og‘ir atletika federasiyasi rahbariyati ishtirok etishdi.

Kongressni IWF prezidenti Muhammad Jalud ochib berdi va Toshkent yana bir bor tashkiliy jihatdan musobaqaga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rgani, mehmonlar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgani haqida to‘xtaldi.

O‘z navbatida, Sport vaziri Adham Ikramov davlatimiz tomonidan og‘ir atletika sportini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtaldi. Shuningdek, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov O‘zbekiston tomoni chempionatga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgani haqida gapirib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

Kun tartibiga muvofiq, tashkilotning so‘nggi 1 yil davomida har bir yo‘nalishda amalga oshirgan ishlari tahlil qilinib, oldinda turgan musobaqalar va boshqa sport tadbirlariga ko‘rilayotgan tayyorgarliklar muhokama qilindi.

Xususan, 2025-yil o‘tadigan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi Hindiston, kattalar o‘rtasidagi bahslar mezbonligi esa Xitoy davlatiga ishonib topshirildi.

Tadbir davomida rasmiylar o‘zaro hamkorlikning yangi rejalari xususida fikr almashishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:05, 02.02.2024.
O'qildi: 1118 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик