Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Qatar-O‘zbekiston. O‘zaro o‘yinlari tarixi

Qatar-O‘zbekiston. O‘zaro o‘yinlari tarixi

Baho:
+ | -

Osiyo kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan Qatar va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin jamoalarning o‘zaro 15-to‘qnashuvi bo‘ladi.

Terma jamoamiz eng ko‘p o‘yinni Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazgan bo‘lsa (16 ta), BAA bilan 15 marta to‘qnash kelgan.

Qatarga qarshi 14 ta bahsning 9 tasida g‘alaba qozonganmiz. Shu paytgacha hech bir jamoa ustidan buncha ko‘p g‘alabaga erishmaganmiz. Faqat Turkmanistonni ham 9 marta mag‘lub etganmiz (10 ta o‘yindan).

Qatar esa 3 marta g‘alaba qozongan, 2ta o‘yin esa durang bilan tugagan.

Terma jamoamiz Qatarga qarshi o‘yinlarda raqib darvozasiga 14 ta gol urgan. Bu borada bizning "sevimli" jamoalarimiz — Turkmaniston (27), Taypey (30) va Malayziya (24) hisoblanadi.

O‘zbekiston terma jamoasi rasmiy o‘yinlar doirasida Qatarga so‘nggi marta 2008 yilning 6 sentyabr kuni yutqazgan. O‘shanda JCH saralash bosqichi doirasida raqibga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandik.

Shundan buyon jamoalar rasmiy bahslar doirasida 6 marta to‘qnash kelishgan (3 martadan Toshkent va Dohada) va ularning barchasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan. To‘plar farqi — 14:1.

Manba: Футболиум
Kiritildi: 10:38, 03.02.2024.
O'qildi: 16597 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик