Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Federiko Gatti: «Kalit – bu to‘g‘ri va noto‘g‘ri yo‘nalish o‘rtasidagi muvozanatdir»

Federiko Gatti: «Kalit – bu to‘g‘ri va noto‘g‘ri yo‘nalish o‘rtasidagi muvozanatdir»

Baho:
+ | -

Federiko Gatti 5 yil oldin «D» seriyasida o‘ynardi, bugun esa «Yuventus» mudofaasi yetakchilaridan biri hisoblanadi.

U qisqa vaqt mobaynida murabbiy, jamoadoshlar va muxlislarning qalbini zabt eta oldi. Shuni hisobga olgan turinliklar klubi rasmiy sayti muxbiri Federikodan kattakon intervyu oldi. Biz ham quyida ana shu suhbatning qiziqarli qismini havola etamiz.

- Agar 10 yil orqaga qaytib, 15 yoshli Federiko bilan uchrashish imkoniga ega bo‘lsangiz, unga nima deysiz?

- Jin ursin, kelajakda seni nima kutayotganini hatto tasavvur ham qilolmaysan!

- O‘sha paytda Gatti kim edi?

- Men butunlay boshqacha hayot kechirdim. Lekin uzoqqa borishimni bilardim. «Promosion»da o‘ynab yurganimdayoq bu qadar uzoqqa borishimni kutgandim to‘g‘risi. Men bu divizionda dastlab «Promo»da, keyin «Echchelensa»da o‘ynadim va agar kimdir menga 5 yildan keyin «Yuventus»da o‘ynaysan desa, javobim shunday bo‘lardi: «Sen ichib olganmisan?»

- Bolaligingizda qaysi jamoaga muxlislik qilgansiz?

- Hech qachon aniq bir jamoaning ashaddiy muxlisi bo‘lmaganman, stadionlarga ham bormaganman. Men faqat o‘ynagan jamoamning muxlisi edim. Mana, hozir «Yuve»daman va bu klub men uchun hamma narsadir.

- «Yuventus» muxlislari kumiriga aylanishga muvaffaq bo‘ldingiz. Ularni qanday zabt etdim, deb o‘ylaysiz?

- Ehtimol o‘yin uslubim bilan. Maydonda kurash uchun borimni beraman. To‘g‘ri, ko‘pchilik kabi xatolarga yo‘l qo‘yaman, lekin biz xatolar tufayli o‘samiz. Men har doim Ed Shiran qo‘shig‘idagi chiroyli so‘zlarni eslayman: u yerda u bizning zamonamizda hamma o‘z xatolarini yashirishga, chuqurroq yashirishga harakat qilayotgani haqida gapirdi, shunda tezda unutish uchun insonning diqqat markazida faqat ijobiy tomonlar bo‘lishi kerak edi. Bu behuda, chunki inson aynan qiyinchiliklar tufayli kuchayadi. Qiyin paytlarda boshingizni yuqoriga ko‘tarib, muammolarga tik qarashingiz kerak. Biz har qanday noto‘g‘ri qadam uchun hukm qila boshlagan dun­yoda yashayapmiz, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar davrida. Lekin bu noto‘g‘ri, bu yaxshi emas. Sizni hukm qila boshlaganlar aslida qo‘lidan hech narsa kelmaydigan yoki qilgan ishingizning o‘ndan bir qismini bajarmaganlardir. Shunday qilib, hamma narsaning kaliti - bu to‘g‘ri va noto‘g‘ri yo‘nalish o‘rtasidagi muvozanatdir.

- Siz bu muvozanatni qanday saqlaysiz?

- Men bunday shovqinlardan uzoqroq turishga va ishdan kuch olishga harakat qilaman. O‘z ustimda juda ko‘p ishlayman, shaxsan men futbol uchun nimani qurbon qilishim kerakligini bilaman, shuning uchun hech kim meni o‘zim qilganimdan ko‘ra ko‘proq tanqid qilishga jur’at etolmaydi.

- Nimani qurbon qilishingiz kerak?

- Umuman olganda, hamma narsani, lekin yakunda bularning hech birini haqiqatdan ham muhim, deb hisoblash mumkin emas. Futbolchining hayoti shunday cheklovlardan iborat, ammo men uchun bu mayda narsalar, ikkinchi darajali qurbonliklar, chunki futbol mening hayotim. Odamlar uchun biz omadlimiz. Ammo hech kim sizga omad kulib boqishiga kafolat bermaydi.

- Siz xatolar ustida qanday ishlaysiz?

- O‘yinni qayta ko‘rib chiqaman. Murabbiy va tajribali jamoadoshlarim bilan gaplashaman, masalan kengroq ko‘rinishga ega bo‘lish uchun maydonga qanday qilib yaxshiroq joylashishni aniqlash maqsadida Danilo bilan. Men har bir detalga diqqat bilan qarayman.

- Boshqacha hayot kechirganingizni aytdingiz. O‘sha davrdan qanday yaxshi narsalar qoldi?

- Har doimgidekman, shuning uchun jamoadoshlarim bilan farqni sezmayapman. Men oddiy yigitman, ehtimol boshqalarga qaraganda tajribam kamroqdir. Katta yoshli sheriklarimga katta hurmat bilan qarayman. Zamonaviy davrda odamlar bunday narsalarni unutishadi. Masalan, divanda cho‘zilib yotibman va shu paytda Danilo kirib keladi, men esa unga joy bo‘shatib beraman. Va buning uchun u mendan so‘rashi shart emas, o‘zim o‘rnimdan turib, unga joy beraman. «Qariyalar» bunday narsalarni juda qadrlashadi va men uchun ham bularning barchasi katta ahamiyatga ega. Ular kiym almashtirish xonasida juda muhimdir. Qolganlarga kelsak, men, albatta, mehribon insonman: doim borimni berishga tayyorman, lekin agar kimdir meni hurmat qilmasa, o‘rtamizda hammasi tugaydi.

- «Yuve»dagi ilk kuningiz qanday edi? Og‘zingiz ochilib qoldimi yoki sovuq terga botdingizmi?

- Aslida, faqat birinchi kun haqida emas, balki ikki kun haqida gapirishga arziydi. Ilk kuni shartnoma tuzish bilan o‘tdi va mavsum oxirigacha «Frozinone»da ijaraga qaytdim. 31 yanvar kuni edi, tashqarida havo harorati 0, men esa futbolkada edim. Ichki adrenalin hissi, shoshqaloqlik tufayli qalinroq ko‘ylak ham, kurtka ham olmagan ekanman. Va o‘sha kuni birinchi bo‘lib Bonuchchi bilan uchrashdim, keyin nonushta paytida de Ligt bilan, keyin sport zalida Vlaxovich... Shartnomani nishonlash uchun tushlikka bobomning oldiga bordim. Ikkinchi «ilk kun» 2 yil oldin ko‘chib o‘tgan kunim edi. O‘sha kuni shunchalik hayajonlangandimki, hozir aniq bir narsani eslay olmayman.

- Burilish nuqtangiz?

- Ketma-ket 10 o‘yindan so‘ng, «Frayburg» bilan mehmondagi Yevropa Ligasi o‘yinida. Mening golim tufayli g‘alaba qozondik, keyin 3 kun o‘tgach, yana «San-Siro»da «Inter»ga qarshi gol urdim.

- Sizni «Yuve» mehnatkashlar sinfining ramzi deb atashadi: bu siz uchun iltifotmi yoki g‘azablanish uchun sababmi?

- Eshiting, men «Yuve»da o‘ynayman. Va siz bilishingiz kerak bo‘lgan hamma narsa shu.

- «Yuve» g‘alaba qozonadi, lekin o‘yini unchalik yaxshi emas, degan gaplar sizni bezovta qilmaydimi?

- Meni faqat g‘alabalar qiziqtiradi va buni yaxshi yoki yomon o‘yin bilan uddalashimiz muhim emas. Tarixda faqat g‘alaba qozongan qoladi, mag‘lub esa darrov unutiladi.

- Kitob o‘qishni yaxshi ko‘rishingiz to‘g‘rimi?

- 15 yoshimda o‘qishni to‘xtatdim, lekin hozir asta sekin bunga qaytyapman. Menga Jokovich kabi muvaffaqiyatga erishgan insonlarning tarjimai hollari, shuningdek, sport psixologiyasi va aqliy murabbiylik matnlari yoqadi.

- Fede, agar ertaga jamoadoshlardan biri sizni uyidagi deraza romlarini o‘zgartirishga chaqirsa, unga nima deb javob berasiz?

- Xo‘sh, albatta boraman. Bu ish qo‘limdan keladi.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 05.02.2024.
O'qildi: 819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.