Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Bugun «Nasaf»ga Superliga-2023 kumush medallarini topshirish va yangi futbolchilarni tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun «Nasaf»ga Superliga-2023 kumush medallarini topshirish va yangi futbolchilarni tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Bugun «Mulla To‘ychi Toshmuhammedov» nomidagi Qashqadaryo viloyat Akademik-drama teatrida «Nasaf» jamoasiga tantanali ravishda Superliga-2023 kumush medallari topshirildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov so‘zga chiqib, viloyatimiz ahlini o‘tgan mavsumda jamoamiz tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan tabrikladi va Qashqadaryo xalqi anchadan buyon sevimli jamoamizning O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritishni orzu qilayotgani va joriy yilda ushbu orzuni ushalishiga bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Jamoa oldidagi maqsad va vazifalarni bajarish uchun viloyat rahbariyati har qanday yordamni ayamasligini ta’kidlab o‘tdi.

So‘ngra klub prezidenti, «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» bosh direktori Shuhrat Aslanov so‘zga chiqib, «Nasaf» futbol klubi o‘tgan mavsumda katta hajmdagi ishni amalga oshirganini va jamoa bu bilan to‘xtab qolmasligini qayd etdi. Jamoa sovrinlardan tashqari futbolni ayollar, futzal, turli yoshdagi kichik terma jamoalar hamda O‘zbekiston Milliy terma jamoasiga ham futbolchilarni yetkazib beradigan katta mexanizmga aylanganini e’tirof etdi. Klubimiz prezidenti jamoaning shu darajaga yetishi uchun xizmat qilgan barcha ishchi-xodimlar, muxlislar, viloyat rahbariyati va «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Jamoa nomidan so‘zga chiqqan bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev yil davomida «Nasaf»ni qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi va yangi mavsumda jamoa oldiga qo‘yilayotgan maqsad yo‘lida birlashib, viloyatimiz ahli uzoq kutgan chempionlik uchun kurashishga va’da berdi.

Shundan so‘ng jamoaga yangi kelib qo‘shilgan Viktor Da Silva, Zoran Marushich, Temur Chogadze, Igor Golban, Islom Kenjaboyev, Sharof Muhitdinov, Bobur Abduxoliqov va Zafar Safarov muxlislarga tanishtirildi.

«Nasaf» futbol klubi matbuot xizmati

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 20:07, 07.02.2024.
O'qildi: 2072 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик