Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Og‘ir atletika. Sunnatilla O‘sarov 3 ta kumush medaliga ega bo‘ldi

Og‘ir atletika. Sunnatilla O‘sarov 3 ta kumush medaliga ega bo‘ldi

Baho:
+ | -

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida hozirgina 96 kg vazndagi erkaklar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Unda yurtimiz sharafini Sunnatilla O‘sarov himoya qildi.

Ushbu vaznda bor-yo‘g‘i 6 sportchi medallar uchun kurash olib borishdi. Sunnatilla O‘sarov barcha yo‘nalishlarda ikkinchi o‘rinni egalladi. Hamyurtimiz dast ko‘tarish yo‘nalishida 161 kg shtangani ko‘targan bo‘lsa, siltab ko‘tarishda 185 kg natija qayd etdi. O‘sarovning ikki kurashdagi natijasi 346 kg bo‘ldi.

Janubiy Koreyalik Von Jong Beom 3 ta oltin medalni o‘zi bilan olib ketadigan bo‘ldi. Uning natijalari — 162 kg, 205 kg va 367 kg bo‘ldi.

Bronza medali esa dast ko‘tarishda Kirill Staroyeverkin (Qozog‘iston), siltab ko‘tarish va ikki kurashda Nursultan Tarmolov (Qirg‘iziston)ga nasib etdi.

Og‘ir atletika. Osiyo chempionati, erkaklar, 96 kg.

Dast ko‘tarish
1. Von Jong Beom (Janubiy Koreya) — 162 kg.
2. Sunnatilla O‘sarov (O‘zbekiston) — 161 kg.
4. Kirill Staroyeverkin (Qozog‘iston) — 150 kg.

Siltab ko‘tarish
1. Von Jong Beom (Janubiy Koreya) — 205 kg.
2. Sunnatilla O‘sarov (O‘zbekiston) — 185 kg.
3. Nursultan Tarmalov (Qirg‘iziston) — 184 kg.

Ikki kurash
1. Von Jong Beom (Janubiy Koreya) — 367 kg.
2. Sunnatilla O‘sarov (O‘zbekiston) — 346 kg.
3. Nursultan Tarmalov (Qirg‘iziston) — 333 kg.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:36, 08.02.2024.
O'qildi: 1252 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.