Ukrainalik darvozabon Andrey Lunin "Real Madrid"ning asosiy darvozaboni jarohati tufayli imkoniyatga ega bo‘ldi va hozir u mashhur klub rahbariyati unga shartnomani uzaytirishni taklif qilishiga umid qilmoqda. U faoliyatining eng yaxshi damlarini boshdan kechirayotganiga ishonadi:
"Faoliyatimning eng yaxshi pallasidaman. Hozir men muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldim, ilgari bunday bo‘lmagan. Maydondagi o‘yinlarim bilan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Agar o‘ynamasangiz, bu juda qiyin", - dedi Lunin.
Ukrainalik darvozabon 2018 yildan beri Madrid klubida to‘p tepmoqda, biroq ko‘p vaqtini u ijarada o‘tkazgan.