Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Fulxem" bosh murabbiyi Broyaga ishonch bildirmoqda

"Fulxem" bosh murabbiyi Broyaga ishonch bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Fulxem" bosh murabbiyi Marko Silva Armando Broya mavsumning ikkinchi yarmida jamoaga yordam berishiga ishonmoqda.

Londonliklar 22 yoshli forvardni “Chelsi”dan ijaraga oldi. Oy boshida futbolchi "Byornli"ga qarshi o‘yinda (2:2) zaxiradan maydonga tushib, yangi jamoasida debyutini o‘tkazdi.

“Broya, albatta, biz uchun juda ko‘p foyda keltira oladi. U bizda mavjud bo‘lgan hujumchilardan farq qiladi. U Raul Ximenes bilan solishtirganda ancha dinamik o‘yinchi va u bizning o‘yinimizga yangi narsalarni olib keladi. Armando o‘zining tezkorligi tufayli raqib himoyachilarining orqasidan yugurib, ularga muammo tug‘dira oladi.

Klubdagi birinchi hafta uning uchun muhim edi. U bizning talablarimizga moslashishda davom etmoqda. Biz undan yaxshi o‘yin kutamiz", - deya Marko Silva so‘zlarini keltiradi Goal.

Kiritildi: 08:45, 10.02.2024.
O'qildi: 892 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик