Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

«Metallurg» Qozog‘iston klubi ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

«Metallurg» Qozog‘iston klubi ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Turkiyaning Antaliya shahrida qishki yig‘inni davom ettirayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi bugun Qozog‘iston Premyer ligasi vakili – Toldiqo‘rg‘onning “Jetisu” jamoasiga qarshi to‘rtinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi va irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘yin bekobodliklar uchun o‘ta omadsiz boshlandi. Toldiqo‘rg‘onliklarning birinchi hujumiyoq darvozaning ishg‘ol etilishi bilan yakunlandi. O‘ng qanotdan jarima maydoniga uzatib berilgan to‘pni himoyachimiz yopa olmadi va “Jetisu”ning qanot hujumchisi ortiqcha qiyinchiliksiz darvozani nishonga oldi.

O‘tkazib yuborilgan goldan “Metallurg” futbolchilari tushkunlikka tushishmadi. Aksincha to‘p nazoratini to‘liq o‘z qo‘liga olgan Vesko Steshevich shogirdlari shimolliklar darvozasi yonida ketma ket xavfli vaziyatlarni sodir etishdi. Shunday hujumlardan birida “Jetisu” himoyachisi o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pga qo‘li bilan o‘ynadi. Penaltini Boban Jorjevich aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Tanaffusdan so‘ng ham o‘yin ssenariysi o‘zgarmadi. Tashabbus to‘liq Toshkent viloyati vakillari tomonida bo‘ldi. 64-daqiqaga kelganda “Metallurg” hisobda oldinga chiqib oldi. O‘ng qanotdan to‘pni Shahzodbek G‘ofurbekov jarima maydoni ichiga yetkazib berdi. Boban Jorjevichning zarbasini qozog‘istonliklar qaytarishgandek edi. Ammo jarima maydoni ichida paydo bo‘lgan Sirojiddin Qo‘ziyev to‘pni darvoza to‘riga to‘g‘rilab qo‘ydi – 2:1. Shu tariqa “Metallurg” Turkiya safaridagi birinchi g‘alabasini tantana qildi.

Ertaga "Metallurg" Antaliyadan Belek shahriga ko‘chadi. Bu yerda ham bekobodliklar kundalik mashg‘ulotlardan tashqari nazorat o‘yinlarida maydonga chiqishni rejalashtirishgan.

Nazorat uchrashuvi
“Metallurg” (Bekobod) – “Jetisu” (Toldiqo‘rg‘on) – 2:1 (1:1).
10 fevral 2024 yil. Antaliya. “Nirvano Kosmopolitan” sport majmuasi futbol maydoni.
Gollar: Boban Jorjevich (25-p), Sirojiddin Qo‘ziyev (64)
“Metallurg”: Akmal Ortiqov, Ergash Ismoilov, Rizo Yazdando‘st, Davron Ergashev, Shahzodbek G‘ofurbekov, Xudoyshukur Sattorov, Sardor Abduraimov, Sirojiddin Qo‘ziyev, Marko Milichkovich, Daler Sharipov, Boban Jorjevich.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 22:50, 10.02.2024.
O'qildi: 894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик