Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Nodirbek Abdusattorov Germaniyadagi turnirda Magnus Karlsenni mag‘lub etib, saralash bosqichi g‘olibiga aylandi

Nodirbek Abdusattorov Germaniyadagi turnirda Magnus Karlsenni mag‘lub etib, saralash bosqichi g‘olibiga aylandi

Baho:
+ | -

Germaniyada Fisher nomidagi Freestyle Chess G.O.A.T Challenge shaxmat turnirida davraviy tizim yakuniga yetdi. Shaxmatchilar rapid tizimida o‘zaro bir martadan o‘ynab chiqishdi.

Nodirbek Abdusattorov kecha 4 o‘yindan 3 ochko jamg‘argan bo‘lsa, hamyurtimiz bugun 3 partiyada 2,5 ochko to‘pladi. Nodirbek bugun Keymer bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Domaradju Gukesh (Hindiston) va Magnus Karlsen (Norvegiya)ni mag‘lub etdi.

Natijada Abdusattorov 7 imkoniyatdan 5,5 ochko to‘plab davraviy tizim g‘olibiga aylandi.



Ertaga pley-off bahslari orqali turnir g‘olibi aniqlanadi. O‘zbek shaxmatchisi chorak finalda xitoylik Ding Lirenga qarshi to‘qnash keladi. Liren 7 o‘yinda bor-yo‘g‘i 0,5 ochkoga ega bo‘ldi.

Pley-offda Tomonlar bir martadan oq va qora donalarda o‘ynaydi. Agar durang qayd etilsa, blis tizimida 2 ta o‘yin o‘tkazishadi. Yutgan shaxmatchi yarim finalga chiqadi.

Chorak final juftliklari:

Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) - Ding Liren (Xitoy)
Vinsent Keymer (Germaniya) - Levon Aronian (AQSH)
Fabiano Karuana (AQSH) - Domaradju Gukesh (Hindiston)
Alirizo Feruja (Fransiya) - Magnus Karlsen (Norvegiya)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:37, 10.02.2024.
O'qildi: 4107 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик