"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Kopengagen"ga qarshi o‘yinning (3:1) eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
32 yoshli belgiyalik futbolchi butun uchrashuvni maydonda o‘tkazdi. U bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Javob o‘yini 6 mart kuni Angliyada bo‘lib o‘tadi.