"Real Madrid" yarim himoyachisi Braim Dias "Milan" klubida o‘tkazgan vaqti uchun minnatdor. "Milan"ga rahmat aytmoqchiman. Bu ajoyib vaqt edi, men u yerda baxtli edim.
Men “Milan”ni kuzatib boraman va ularni doim qo‘llab-quvvatlayman. Men Teo Ernandes bilan oilamga qaraganda tez-tez muloqot qilaman", - deya Diasdan iqtibos keltiradi Sky Sports Italia. Shu bilan birga, Dias hozirda "Real Madrid"da baxtli ekanini va butun bor etiborini Madrid klubida o‘ynashga qaratganini ta’kidladi.