Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Farg‘ona davlat universiteti futbol jamoasi Birinchi ligada ishtirok etadi

Farg‘ona davlat universiteti futbol jamoasi Birinchi ligada ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Farg‘ona viloyati yetakchisi sifatida pulkada ishtirok etgan Farg‘ona davlat universitetining futbol jamoasi musobaqani 3-o‘rinda yakunlagandi.

Joriy yilning 10 yanvar kuni Farg‘ona DU jamoasi vakillari Liga bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda jamoa Liga a’zosi bo‘lish uchun qanday hujjatlar tayyorlashi lozim ekanligi yuzasidan so‘z bordi. 9 fevral kuni esa universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov imzosi bilan jamoaning tegishli hujjatlari Ligaga rasman taqdim etildi. 20 fevral kuni jamoa Birinchi ligaga qo‘shilish uchun navbatdagi qadamni tashladi.  

Shu tariqa Farg‘ona davlat universiteti futbol jamoasining Birinchi ligada to‘p surishi maqsadga muvofiq deb topildi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi oliy ta’lim muassasalari qoshida sport jamoalari tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlaydi va bugungi sanani o‘zi uchun tarixiy sanalardan biri sifatida e’tirof etadi.

Qayd etish kerak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 apreldagi «Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-115-sonli Qarorida davlat oliy ta’lim muassasalarida ularning moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib, futbol bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi seksiyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, davlat oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud sport inshootlari va futbol maydonlarining doimiy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash choralarini ko‘rish, har bir davlat oliy ta’lim muassasasining futbol va futzal bo‘yicha jamoalari bo‘lishi hamda oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlashda mazkur holatlar inobatga olinishini nazarda tutish alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Farg‘ona davlat universitetining mini futbol jamoasi 2022 yilda o‘tkazilgan Coca Cola students cup musobaqasida ishtirok etgan bo‘lib, unda o‘z viloyati bosqichida finalga qadar etib borgandi. Ishonamizki, universitetning katta futboldagi qadami davomiy va munosib bo‘ladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:32, 20.02.2024.
O'qildi: 1027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.