Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Samvel Babayan: «Ertaga «Al-Ittihod» ko‘proq bosimga duch keladi»

Samvel Babayan: «Ertaga «Al-Ittihod» ko‘proq bosimga duch keladi»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak final javob o‘yini doirasida jamoamiz Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” (Jidda) klubi mehmoni bo‘ladi.

Mazkur uchrashuv oldidan jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Quyida uning fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.

"Ertangi o‘yin juda qiyin kechadi. Biz yulduzli tarkibga ega bo‘lgan “Al-Ittihod”ga qarshi  maydonga tushamiz, ammo natijani oldindan aytib bo‘lmaydi. Biz uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. O‘ylaymanki, shogirdlarim bo‘lajak bahsda borlarini baxshida etishadi.

Biz muxlislar qarshisida to‘p tepish tajribasiga egamiz. Avvalroq “Al- Hilol” maydonida durang o‘ynagandik. Ertaga “Al-Ittihod” ko‘proq bosimga duch keladi, chunki jamoa o‘z muxlislari qarshisida to‘p tepadi.

Ertangi o‘yin uchun tanlagan uslubimizni oshkor qilmayman. Bizning yondashuvimiz qanday bo‘lishi va qanday o‘yin namoyish etishimizni bo‘lajak bahsda ko‘rasizlar. Maydonda 11 nafar futbolchiga 11 nafar  o‘yinchi saf tortadi. Benzema ajoyib futbolchi, lekin biz hech kimdan qo‘rqmaymiz", - dedi Samvel Babayan.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:19, 21.02.2024.
O'qildi: 1636 marta.
Fikrlar: 43 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.