Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Azimjon Ahmedov: «Muxlislarga quvonch ulashish maqsadida maydonga tushamiz»

Azimjon Ahmedov: «Muxlislarga quvonch ulashish maqsadida maydonga tushamiz»

Baho:
+-1 | -

Xabaringiz bor, bugun Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak final javob o‘yini doirasida "Navbahor" Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” (Jidda) klubi mehmoni bo‘ladi.

Mazkur uchrashuv oldidan kecha namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan bilan birgalikda “Navbahor” sardori Azimjon Ahmedov ham matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Quyida uning fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.

- Assalomu alaykum! Ertaga bizni qiyin bahs kutib turibdi va buni yigitlar yaxshi tushunib turishibdi. Ammo biz bo‘lajak bahsda eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etgan holda, O‘zbekiston va Namangan muxlislarini xursand etishga harakat qilamiz.

Qiyin bellashuv bo‘ladi, deganimning sababi, biz ertaga kuchli futbolchilarga qarshi maydonga tushamiz. Lekin bo‘lajak bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va ta’kidlaganimdek, Xudo xohlasa, ertaga eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etgan holda, g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga intilamiz.     

Albatta, Karim Benzemaning bo‘lajak bahsda maydonga tushishi bir tomondan maroqli. Boisi, shunday yulduzga qarshi to‘p tepamiz. Namanganda yaxshi o‘yin namoyish etdik. Ertangi uchrashuvda esa undan ikki baravar yaxshiroq o‘ynashga intilamiz. Buni jamoadoshlarim  bilib, tushunib turishibdi. Yana bir marta ta’kidlayman, biz ertaga muxlislarga quvonch ulashish maqsadida maydonga tushamiz, - dedi Azimjon Ahmedov.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:38, 22.02.2024.
O'qildi: 1285 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.