Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

“Real” va La Liga o‘rtasida muammo yuzaga kelgan

“Real” va La Liga o‘rtasida muammo yuzaga kelgan

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi La Liga rahbariyatiga “Santyago Bernabeu” stadionini xonanda Teylor Sviftning konsertiga tayyorlashga ko‘proq vaqt ajratish maqsadida mavsumning so‘nggi o‘yinini qoldirish bo‘yicha so‘rov yubordi.

"Real Madrid"ning Ispaniya chempionatining so‘nggi turida "Betis"ga qarshi o‘yini 24 may kuniga belgilangan.

The Athletic xabariga ko‘ra, "Real Madrid"ning "Betis" bilan o‘yini 24-may, yakshanba kuni, Eras Tour doirasidagi Teylor Sviftning Madriddagi konserti esa 30-may, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Klub La Ligadan stadionni o‘yinga tayyorlashga vaqt topish uchun uchrashuvni 23-may, shanba kuniga ko‘chirishni so‘radi.

So‘rovning qanoatlantirilmasligi borasida qiyinchiliklar bor, chunki o‘sha vaqtga kelib o‘yin ikkala jamoa uchun ham turnir ahamiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Chempionlik uchun kurash mavsumning so‘nggi o‘yiniga qadar davom etishi ehtimoli bor: madridliklar endi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Jirona”dan olti ochko oldinda, “Betis” esa Yevropadagi yo‘llanma uchun kurashni davom ettirishi mumkin.

Sport tamoyillariga ko‘ra, "Real" ligadagi so‘nggi o‘yinini "Jirona" bilan bir vaqtda o‘tkazishi kerak.

Xabarlarga ko‘ra, Madrid, shuningdek, tadbirga bo‘lgan talab yuqoriligini hisobga olib, Sviftning ikkinchi konserti uchun qo‘shimcha sanani topishga harakat qilmoqda. Sviftning gastrol safari, shuningdek, boshqa yirik futbol stadionlarida, jumladan, Liverpulning "Enfild", Londonning "Uembli" va Lionning "Grupama" stadionlaridagi konsertlarni o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: 18:24, 23.02.2024.
O'qildi: 4110 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.