Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

«Andijon» Tojikiston terma jamoasi hujumchisi bilan kelishuvga erishdi

«Andijon» Tojikiston terma jamoasi hujumchisi bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Qishki seleksiya ishlarini izchillik bilan davom ettirayotgan "Andijon" rejaga binoan kerakli pozisiyalarga kerakli o‘yinchilarni taklif qildi va oxirgi paytlarda hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida yangi futbolchilar jalb etilayotganidan xabardorsiz. Bunga qadar oldingi chiziq vakillari sifatida Rustam Turdimurodov hamda rossiyalik Luka Zgurskiyning transferlari e’lon qilindi.

Bu hali hammasi emasdi. Jamoa muxlislari uchun yana bir xushxabar shundan iboratki, klub safiga yana bir yangi legioner hujumchi qo‘shildi. Tojikiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblangan Shahram Samiyev bilan rasman shartnoma imzolandi. Kelishuv muddati 3 yilga mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Samiyev 2001 yilning 8 fevral kuni tavallud topgan. Uning oxirgi klubi Moldovaning “Milsami” jamoasi hisoblanadi. Shahram faoliyatini Tojikistonda boshlagan. Dastlab “Barkchi”, keyin SSKA (Dushanbe)da o‘ynadi. So‘ngra, 2019 yili “Istiqlol”ga ko‘chib o‘tdi. Shundan so‘ng Shahram Samiyev Rossiyaning “Rubin” klubi a’zosiga aylandi. Tojikistonlik hujumchining keyingi manzili Moldova chempionati bo‘ldi. U yerda “Sherif”, “Dinamo-Avto”, “Zimbru” va “Milsami” sharafini himoya qildi. Bundan tashqari, Belarus chempionatida “Torpedo-Jodino” va “Isloch” klublarida ham to‘p surgan.

Shahram Tojikistonning turli yoshdagi termalarida ham o‘ynagan va hozirda u milliy terma jamoaning muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi. Samiyev Tojikiston termasida hozirga qadar 27 ta uchrashuvda 7 ta gol urdi. Yaqinda Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida Samiyev Tojikiston terma jamoasi sharafini himoya qildi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 06:25, 24.02.2024.
O'qildi: 2350 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.