Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Luka Zgurskiy: «Maqsad – «Andijon» tarkibida iloji boricha ko‘proq sovrin va unvonlarga ega bo‘lish»

Luka Zgurskiy: «Maqsad – «Andijon» tarkibida iloji boricha ko‘proq sovrin va unvonlarga ega bo‘lish»

Baho:
+ | -

“Andijon” safiga yangi qo‘shilgan futbolchilar orasida SSKA klubi tarbiyalanuvchisi, iste’dodli hujumchi Luka Zgurskiy ham borligini bilasiz.

Rossiyalik futbolchi faoliyatida yangi sahifa ochildi va “Andijon”da nimalarga qodirligini ko‘rsatmoqchi. Shu bilan birga u yangi sarguzashtlarga ham tayyorlanmoqda. Luka, "Andijon" matbuot xizmatiga ilk intervyusini berdi

— Luka, siz endi rasman “Andijon” a’zosisiz. Yangi klubda o‘zingizni qanday his qilyapsiz?
— O‘zimni bu yerda a’lo darajada his qilyapman. “Andijon”dek klubda o‘ynashdan xursandman.

— Oldin “Andijon” haqida nimalarni eshitgansiz?
— Aytishim mumkinki, “Andijon” jamoasini yaxshi va ajoyib muxlislarga ega klub deb eshitganman.

— Luka, ayting-chi, SSKA klubidagi faoliyatingiz qanday kechdi?
— SSKAda turli xil yaxshi va buning aksi o‘laroq yoqimsiz damlar ham bo‘lgan. Har qanday holatda ham shu darajaga yetishimda mazkur jamoaning hissasi katta ekanligini ta’kidlab o‘tmasam bo‘lmaydi.

— “Andijon”ga ko‘chib o‘tishingizda SSKA va umuman u yerdagilarning munosabati qanday bo‘ldi?
— Muxlislar va o‘yinchilarning munosabati turlicha bo‘ldi. Lekin ko‘pchilik bu tanlovimni qo‘llab-quvvatladi.

— Siz hujumchisiz. Tabiiyki, muxlislar sizdan ko‘p narsa kutishadi. O‘tgan yili Rubin Xebay eng yaxshi to‘purar bo‘lgandi. Uning o‘rnini egallashga tayyormisiz?
— Iloji boricha tezroq o‘zimga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Shu bilan birga to‘purar bo‘lishga va fursati kelganida himoyadagi sheriklarimga ham yordamlashishga harakat qilaman.

— Adashmasam, siz ilgari ham O‘zbekistonga kelgansiz-a?
— Ha, oldin Rossiya U21 tarkibida O‘zbekistonda —  Buxoro shahrida bo‘lib, ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushganman.

— Siz va Maksim Sarraf SSKAdan “Andijon”ga qo‘shilganinglardan so‘ng “Sport Ekspress” nashri men bilan aloqaga chiqdi va bu transferlarga qiziqishdi. Rossiyalik jurnalistlar ham bu masalada sizlar bilan bog‘lanishgandir...
— Ha, rossiyalik jurnalistlar bu o‘tishim qanday amalga oshgani bilan qiziqishdi.

— Asosiy maqsadingiz nima?
— Maqsad – “Andijon” tarkibida iloji boricha ko‘proq sovrin va unvonlarga ega bo‘lish. Albatta, jamoa uchun foydasi tegadigan futbolchi bo‘lishga va ko‘proq gollar urishga, to‘purarlar poygasiga kirishga harakat qilaman.

— Qaysi raqamni tanladingiz?
— O‘zimga 51-raqamni oldim.

— “Andijon” jamoasiga moslashuv jarayoni qanday kechyapti?
— Moslashish jarayoni zo‘r o‘tmoqda va buning uchun o‘yinchilarga, klub rahbariyati va xodimlariga minnatdorlik bildiraman.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 06:39, 24.02.2024.
O'qildi: 1372 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.