Kirish Ro'yxatdan o'tish

Morata Italiya superklubiga o‘tishi mumkin

Morata Italiya superklubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi markaziy hujumchisi Alvaro Morata Italiya chempionatiga qaytishi mumkin. 31 yoshli hujumchini o‘z safiga uning sobiq jamoasi Turinning "Yuventus" klubi qiziqmoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, "keksa sinyora" mavsum oxirida Moratani sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Alvaroning "matraschilar" bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Morataning transfer narxi 20 million yevroga baholanmoqda. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida hujumchi 23 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:05, 27.02.2024.
O'qildi: 1417 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик