Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Doston Hamdamov Superligada qaysi jamoalar kuchli uchlikdan joy olishini aytdi

Doston Hamdamov Superligada qaysi jamoalar kuchli uchlikdan joy olishini aytdi

Baho:
+ | -
"Paxtakor" a’zosi Doston Hamdamov jamoasining yangi mavsumga tayyorgarligi haqida fikr bildirdi.

27 yoshli futbolchi joriy mavsumga tayyorgarlik, jamoa maqsadi hamda chempionat oxirida qaysi jamoalar sovrindorlar safidan o‘rin egallashi to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Yangi mavsumga tayyorgarlik a’lo darajada o‘tmoqda. Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib bordik. Xudo xohlasa, chempionatning ilk turini g‘alaba bilan boshlab, oxirigacha shu zaylda boramiz. 

"Paxtakor" asosiy e’tiborini yoshlarga qaratgan. Yoshlarimiz juda yaxshi. Ular ham o‘z iqtidorini ko‘rsatib, g‘alabalar uchun yordam beradi. 

O‘ylashimcha, "Paxtakor", "Nasaf" va "Navbahor" Superliga yangi mavsumida ham kuchli uchlikdan joy oladi.

Biz raqib tanlamaymiz, barchasiga jiddiy e’tibor qaratamiz. 

Ilk uchrashuvni muxlislarimiz qarshisida o‘tkazish yoqimli. G‘alaba bilan ularni xursand qilishga harakat qilamiz", dedi yarim himoyachi.

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" Superligadagi ilk o‘yinini 4 mart kuni "Surxon"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 20:39, 27.02.2024.
O'qildi: 1471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик