Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Milliarder uchun kulguli sabab...

Milliarder uchun kulguli sabab...

Baho:
+ | -

«Chelsi» muhitida norozilik kayfiyati tobora ortib bormoqda.

Ne-ne umidlar bilan chaqirilgan argentinalik murabbiy Maurisio Pochettino ishni shunchalik omadsiz boshladiki, bir zumda o‘tmishdoshi Grem Potter ko‘rsatgan salbiy natija hech narsa bo‘lmay qoldi: APLning 23ta o‘yinida naq 10ta mag‘lubiyat va atigi 31 ochko. Bir yil oldin Potter shuncha o‘yinda 32 ochko ta’minlagandi, qolaversa, mag‘lubiyatlar soni 7ta edi. Xullas, Pochettino ixtiyorida bahosi milliard yevroga yetadigan tarkib bor, ammo natija...

«Chelsi»ning oxirgi salbiy natijalari oqibatida futbolchilarning transfer bahosi ancha pasaydi, lekin umumiy summa katta, baribir. Eng yomoni, klub rahbariyati hozir Pochettinoni ishdan olib, uning o‘rniga vaziyatni o‘nglay oladigan murabbiy jalb etolmaydi. Bunga argentinalik murabbiyga iste’fo ortidan to‘lanadigan kompensasiya puli sababdir. Biroz kulguli, to‘g‘rimi? Puldan umuman muammosi yo‘q «Chelsi» kelib-kelib, murabbiyga tovon to‘lash borasida qiynalsa-ya... Gap shundaki, London jamoa­si Todd Bouli ixtiyoriga o‘tgach, transferlar va maosh to‘lovlariga shu qadar ko‘p sarflandiki, hozir Pochettinoga kompensasiya sifatida 10 million funt to‘lansa ham, moliyaviy «Feyr-pley» «tilga kiradi». Ya’ni bu holatda «Chelsi» xarajat limitiga rioya qilmagani uchun keskin jazoga tortilishi mumkin.

Xullas, Boulida pul yetarli, ammo belgilangan me’yor ham yo‘q emas. To‘g‘ri, klub xohlasa, yo‘lini topadi. Chunonchi, «Chelsi»dagi faoliyatdan sira qoniqmayotgan futbolchilar safi keng. Ular hozirda jamoa ichidagi tartibsiz ish tizimi, xususan, Pochettinoni iste’foga chiqarish imkoni yo‘qligidan g‘azabdalar. To‘g‘ri, «Chelsi» oxirgi o‘yinlarda o‘zini nisbatan o‘nglab oldi. Jumladan, «Manchester Siti» bilan bahsda mag‘lubiyatga uchramadi. Ehtimol, endi Pochettino iste’fosi masalasi kun tartibidan olib tashlanar...

«Chelsi»dagi holatdan norozi futbolchilar:

Enso Fernandes (transfer bahosi - 80 mln. yevro)
Levi Koluill (transfer bahosi - 55 mln. yevro)
Konor Gallaxer (transfer bahosi - 42 mln. yevro)
Mixail Mudrik (transfer bahosi - 40 mln. yevro)
Mark Kukurelya (transfer bahosi - 35 mln. yevro)
Noni Madueke (transfer bahosi - 25 mln. yevro)

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:51, 27.02.2024.
O'qildi: 1382 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.