Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Shahboz Umarov: «JCH-2026ga yo‘llanma olamiz. Men bunga ishonaman!»

Shahboz Umarov: «JCH-2026ga yo‘llanma olamiz. Men bunga ishonaman!»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Shahboz Umarov yangi mavsumni ham Qozog‘iston Premyer-ligasida o‘tkazadi.

 O‘tgan yili «Ordabasi» safida chempion bo‘lgan Shahboz Umarov yaqinda Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogida ishtirok etdi. U sportplustv.kz saytiga intervyu berib, bir qator qiziqarli savollarga javob qaytardi.

- Osiyo kubogida O‘zbekis­ton terma jamoasi chorak finalga chiqdi. O‘sha musobaqa ishtirokchisi sifatida muxlislarga Qatardagi muhit haqida gapirib bera olasizmi? 

- Albatta, atmosfera ajoyib edi. Buni so‘z bilan ifodalab bera olmayman. Jahon chempionatida o‘ynamagan bo‘lsak-da, mundial o‘yinlari o‘tkazilgan maydonlarda to‘p tepdik. Ham xursand, ham xafa bo‘ldik. Sportda g‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Guruh bosqichidan muammosiz o‘tdik. Keyin 1G‘8 finalda Tailandni   engdik. Chorak finalda mezbonlar bilan   uchrashishimizni bilishimiz bilanoq, bu oson o‘yin bo‘lmasligini angladik. Birinchi bo‘limda bitta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsak-da, taslim bo‘lmadik. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida hisobni tenglashtirganimizdan so‘ng, bizda g‘alaba qozonish imkoniyati paydo bo‘ldi. Penaltilar seriyasida ham biz oldinda edik. Afsus... (Shahboz beixtiyor xo‘rsindi) 

- Penaltilar seriyasida imkoniyatingizdan foydalandingiz. Biroq sizdan keyin nuqtaga kelgan Zafarmurod Abdurahmatov darvozabonni dog‘da qoldira olmadi. Muxlislarni uning gol ura olmagani emas, to‘pni bir joyda turib, hech qanday harakatsiz tepgani g‘azablantirdi. Zafarmurodning hatti-harakatiga jamoadagi yigitlar qanday munosabatda bo‘ldi? 

- Buni juda jiddiy qabul qildik. G‘alaba yaqinlashib qolgandek edi. Afsus aytishdan boshqa iloj yo‘q. Biroq, u yosh futbolchi. Muxlislarning noroziligini tushunaman. Biz unga tasalli berdik. Chunki qo‘shilib so‘ksak, o‘zini yeyishi mumkin. Avvalo, bu xato tufayli Zafarmurodning o‘ziga qiyin. Endi u bu muvaffaqiyatsizlik bilan yashashiga to‘g‘ri keladi. Bu esa oson emas. Ko‘pni ko‘rgan o‘yinchilar bu holatni sabr bilan yenga oladi. Yosh o‘yinchilarga kelsak, ular bunday damlarda ruhiy jihatdan o‘zini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun ham biz birinchi bo‘lib, uni qo‘llab-quvvatladik va bundan keyin ham qo‘llashda davom etamiz. 

- Futbolda shunday tushuncha shakllangan: penalti - lotereya. Endi o‘sha lahzani boshdan kechirgan odam, yirik musobaqa ishtirokchisi sifatida ayting-chi, penaltilar seriyasi rostdan ham lotereyami? 

- Yo‘q, bu lotereya degan fikrga qo‘shilmayman. Buni birinchi navbatda tajriba, deyman. Buni kundalik hayotda, oddiy mashg‘ulotlarda, chempionatdagi uchrashuvlarda bemalol bajara olgan futbolchi qiyin daqiqalarda ham sovuqqonlik ko‘rsata oladi. Shuning uchun o‘n bir metrlik jarima zarbasini lotereya sifatida qabul qila olmayman. Bu ham musobaqa va biz professional sportchilar har qanday holatda ham bunga tayyor bo‘lishimiz kerak. 

- Sizlar faqat penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan Qatar terma jamoasi finalda Iordaniyani mag‘lub etib, qatorasiga ikkinchi bor Osiyo kubogini qo‘lga kiritdi. Finalni ko‘rdingizmi? 

- Finalni tomosha qila olmadim. Chunki o‘sha paytda biz o‘z o‘yinimizni o‘tkazayotgandik. Terma jamoaga kelsak, ular juda kuchli. Musobaqa mezbonlari o‘z muxlislari oldida tinim bilmay yuguradilar va hech charchamaydilar. Iordaniya ham himoyasiz jamoa emas. Lekin mezbonlarning g‘alabasidan ajablanmadim. Yashirmayman, finalda ular o‘rniga biz ham o‘ynagan bo‘lardik, degan fikr meni xafa qiladi. Biroq, hamma narsa tugadi va ketdi. Va hayot davom etmoqda. 

- O‘zbekistonning o‘yin uslubida ma’lum tizim va kuchli futbolchilar bor. Jamoada yetakchi yigitlar yetarli. Lekin nega oxirgi lahzada raqib jamoa g‘olib bo‘laveradi? Ba’zida jahon chempionatiga chiqish arafasida turganingizda omad yetishmayapti. Bu gal ham yarim finalga yo‘l olish uchun yana nimadir yetishmadimi? 

- Bilmadim, bilmayman. Biz har doim harakatdamiz, mashq qilamiz va ko‘p mehnat qilamiz. Lekin o‘sha «ozgina yetmay qolishi»dan charchay boshladik. Biroq, biz taslim bo‘lmaymiz. Jahon chempionati yaqinlashmoqda. Nasib qilsa, JCH-2026ga yo‘llanma olamiz. Men bunga ishonaman! 

- Osiyo Kubogida muxlislar qo‘llab-quvvatlashini qanchalik his qildingiz? 

- Muxlislar birinchi kundanoq biz bilan bo‘ldi. Bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislar orasida qozoq mamlakati fuqarolari ham ko‘p bo‘lganidan xursandmiz. g‘alaba qozonganimizda ham, mag‘lub bo‘lganimizda ham, yarim finalni o‘tkazib yuborganimizda ham, bizni qo‘llab-quvvatlaganlarga katta rahmat. 

- O‘tgan mavsumda «Ordabasi» tarkibida O‘zbekistondan ikki nafar futbolchi bor edi. Ulardan biri siz, ikkinchisi Bobur Abduxoliqov. Bobur hozir jamoa­da emas. Siz u bilan aloqa qilyapsizmi? Yangi mavsumda qayerda o‘ynaydi? 

- Ha, Bobur bilan bog‘landim. «Nasaf»da o‘ynab, uyda qolishini aytdi. Yigitlarga salom aytishimni tayinladi. 

- Endi «Ordabasi» safiga Jasur Yaxshiboyev kelib qo‘shildi. U «Santyago Bernabeu»da «Real Madrid» darvozasiga gol urgan futbolchi. Sizlar ayni paytda jamoada ishonchli hamkormisizlar? 

- Jasurni jamoamizdagi barcha yaxshi kutib oldi. Umuman, jamoamizga kim kelsa ham quchog‘imiz doim ochiq. Chunki har bir yangi futbolchi jamoaga yordam berish istagi bilan keladi. Bizni yevrokuboklardagi o‘yinlar kutmoqda. Jasur bu borada katta tajribaga ega. Biz uchun u nimani ko‘rgani, bilgan va tushungani ham juda muhim. «Ko‘hna qit’a»da mahoratini oshirib, to‘p tepgan hamyurtimiz   «Ordabasi»ga katta yordam beradi, degan umiddaman. 

- Joriy yilda Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynaysizlar. His tuyg‘ular qanday? 

- Albatta, Yevropa Chempionlar ligasida to‘p tepish hammaga ham nasib etavermaydi. Shu bois, klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqada ishtirok etish fikri bizni yangi yutuqlar sari yetaklaydi. Xuddi shunday Qozog‘iston chempioni unvonini himoya qilish maqsadimiz ham bizga qo‘shimcha turtki beradi. Shu sababli muxlislarga shuni aytmoqchimanki, «Ordabasi» qanchalik kuchli ekanini nafaqat ichki chempionatda, balki Yevropa arenalarida ham ko‘rsatamiz. Bunga ishoning. Asosiysi, reja ma’lum, maqsadimiz aniq.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:34, 28.02.2024.
O'qildi: 1634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.