Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Xavi Simons: «Men uchun eng muhimi - g‘alaba»

Xavi Simons: «Men uchun eng muhimi - g‘alaba»

Baho:
+ | -

Xavi Simons Bundesligaga dovul kabi bostirib kirdi. Hozir ham uning ishlari yomon emas.

«RB Leypsig»ning niderlandiyalik 20 yoshli yarim himoyachisi Germaniya chempionati 23-turidan o‘rin olgan «Bavariya»ga qarshi o‘yin arafasida klub matbuot xizmatiga intervyu berib, barchasi joyida ekanligini bildirdi. Asosiysi, istiqbolli futbolchi «qizil buqalar» safidagi shaxsiy taraqqiyotidan xursand.

— Ayni payt assistlar soni bo‘yicha «RB Leypsig»da yetakchilik qiyapyapsiz — hisobingizda 7ta samarali uzatma bor. Buni bilarmidingiz?
— Ochig‘i, statistik raqamlarga yopishib oladiganlar toifasidan emasman. Chunonchi, meni shaxsiy ko‘rsatkichlar emas, balki jamoaviy o‘yinni kuchaytirish, umumiy natijaga hissa qo‘shish masalasi ko‘proq qiziqtiradi. Ha, gol urish yoki unga assistentlik qilish yoqimli, ammo bundan muhimrog‘i ham bor — o‘yin­larda g‘alaba qozonish!

— Xo‘sh, ko‘proq nimadan quvonasiz — gol urishdanmi yoki unga zamin hozirlashdan?
— Agar bu savolga bir necha yil oldin ro‘baro‘ kelganimda, o‘ylamasdan javob berardim: «Hammualliflik ko‘proq zavq ulashadi». Hozir esa fikrim ancha o‘zgardi, endi gol urishni birinchi o‘ringa qo‘yaman. Har holda, raqib darvozasini o‘zingiz ishg‘ol qilganingizda, butunlay boshqacha adrenalin olasiz-da...

— Joriy mavsum klubingizning CHLga yo‘llanma olishi ancha murakkablashmoqda...
— Ha, muhim o‘yinlarda qimmatli ochkolarni yo‘qotdik, ammo mavsum hali yakunlanmadi. Asosiysi, jamoa o‘yinida yangiliklar ko‘zga tashlanyapti. Hozir yuqori sur’atni ushlagan holda, bor kuchni sarflashimiz shart.

— «Bavariya»ga qarshi jang­ga tayyormisiz?
— Albatta, bu o‘yinni intiqlik bilan kutyapman. Tabiiyki, hammaning e’tibori shu bahsga qaratiladi. Buni yaxshi bilamiz va shunga yarasha shaylanmoqdamiz.

— Jamol Musiala haqida qanday fikrdasiz?
— Chindan ham, zo‘r yigit. Uni yoshlar jamoalaridagi davridan buyon bilaman, bir-birimiz bilan ko‘p marta to‘qnash ham kelganmiz. Xullas, Jamol — sifatli, texnik salohiyati mukammal ijrochi. Uni hozirdan top-darajadagi futbolchilar qatoriga qo‘shish mumkin.

— CHL 1/8 finalidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi javob o‘yinidan nimalar kut­yapsiz?
— Eng muhim bosqichda turibmiz, demak, olg‘a intilib, yakuniy natijani o‘z tomonimizga burish uchun borimizni berishimiz kerak. Bor gap shu. «Real»ga hurmatni saqlash talab etiladi, buni hamma biladi. Shaxsan men bo‘lajak o‘yinga ham futbolchilar va muxlislarga zavq ulashadigan qarama-qarshilik sifatida qarayapman.

— «RB Leypsig» siz uchun aynan nima berdi?
— Bu yerda har tomonlama yanada shakllanyapman. O‘zi o‘yin bobida o‘sishimga yordam beradigan klubga ehtiyoj sezayotgandim. Hozir 20 yoshdaman va hali ko‘p jihatlarda yangi bosqichga chiqishim zarurligini yaxshi bilaman. Mana, hozir har hafta eng yaxshi futbolchilar bilan raqobatlashyapman, Bundesliga va CHL o‘yinlari orqali tobora toblanyapman.

— Bu faoliyatingiz uchun nechog‘li muhim bosqich?
— Oldimga ulkan marralarni zabt etish vazifasini qo‘yganman va hozirgi jarayon men uchun eng zarur qadam hisoblanadi. Ishoning, Bundesliga — rivojlanishni o‘ylaydigan yosh futbolchi uchun eng ideal liga. Bu yerda kundan-kunga ishonchim ortib boryapti.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:57, 29.02.2024.
O'qildi: 1007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.