Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

"Real"ning jarohat olgan muhim futbolchilari qachon safga qaytadi?

"Real"ning jarohat olgan muhim futbolchilari qachon safga qaytadi?

Baho:
+ | -

"Real Madrid" tarkibida hozirda 5 nafar futbolchi jarohat olgan. Biz ularning jismoniy tayyorgarligi haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni to‘pladik.

Tibo Kurtua

Darvozabon oldingi xochsimon paylarning jarohati tufayli deyarli butun mavsumni o‘tkazib yubordi. Belgiyalik futbolchi tiklanish ustida ishlamoqda va ayni damda aprel oyida mashg‘ulotlarga qaytishni rejalashtirmoqda.

Jud Bellingem

Fevral oyi boshida ingliz futbolchisi "Jirona"ga qarshi o‘yinda to‘pig‘idan jarohat olgandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, u endi og‘riqni his qilmayapti va shu hafta oxirida "Valensiya"ga qarshi yoki chorshanba kuni "Leypsig"ga qarshi o‘ynashga tayyor bo‘lishi mumkin.

Eder Militao

Himoyachi avvaliga oldingi xochlaridagi jarohati tufayli butun mavsumni o‘tkazib yuborishi kutilgandi, ammo mavsum yakuniga qadar safga qaytishi mumkin. Braziliyalik futbolchi aprel oyining o‘rtalaridayoq Chempionlar ligasining chorak finalida (agar "Madrid" u yerga yetib borsa) o‘ynashga tayyor bo‘lishi mumkin.

David Alaba

Astriyalik futbolchi bu mavsumda jarohati sabab safga qaytmaydi. Uning qayta tiklanishi avgust oyida kutilmoqda.

Xoselu

Hujumchi "Rayo"ga qarshi o‘yinda to‘pig‘idan jarohat oldi. U mart oyi o‘rtalarida maydonga qaytishi kerak.

Kiritildi: 05:30, 01.03.2024.
O'qildi: 2362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.