Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Andreas Kristensen klubni tark etishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga javob berdi.
“Men umuman hech qayerga bormayman. Men bu yerda juda baxtiyorman va yozdan keyin shu yerda qolishdan boshqa hech narsa haqida o‘ylamayman”, — dedi daniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli himoyachi 2022 yilning yozida "Barselona"ga o‘tgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.