Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

"Andijon" O‘zbekiston chempionatini qanday natijalar bilan boshlagan?

"Andijon" O‘zbekiston chempionatini qanday natijalar bilan boshlagan?

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston 33-milliy chempionati ham start oldi. Bugun “Andijon” jamoasi Olmaliqda OKMKga qarshi uchrashuv orqali joriy yilgi mavsumdagi ilk o‘yinini o‘tkazadi.

E’tiboringizga “Andijon”ni 1992 yildan beri milliy chempionatimiz tarixida 1-turni qanday natija bilan boshlagani haqidagi statistik ma’lumotlarni e’tiboringizga taqdim etamiz.

Masalan, OKMKga qarshi bu chempionatlarimiz mobaynida birinchi turdagi ilk o‘yin emas. 2010 yili Andijonda ular “Olmaliq” jamoasini qabul qilib 3:2 hisobida g‘alaba qozongan. O‘shanda Amet Memet bosh murabbiyligidagi “Andijon” 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi. Keyinchalik raqib 2 ta gol urib, hisobni tenglashtirgan. Lekin oxirgi daqiqalarda Sherzod Rayimjonovning jarima zarbasidan keyin “Olmaliq” posboni Yuriy Xriyenko to‘pni qaytardi va qaytgan to‘pni Rasul Rahmonov darvoza to‘riga joylab yakuniy hisobni o‘rnatgan – 3:2.

Shuningdek, “Andijon” milliy chempionatimizni ketma-ket uch marta Buxoroning “Nurafshon” klubiga qarshi o‘yinlar bilan boshlagan. U paytlarda “Andijon” “Navro‘z” nomi bilan atalgan.
Eslatib o‘tamiz, “Andijon” besh marta quyi ligada ishtirok etgan va ro‘yxatda asosan Superliga (oldin oliy liga deb nomlangan)dagi o‘yinlar keltirilgan.

1992 yil. 1-tur. “Nurafshon” – “Navro‘z” – 2:2

1993 yil. 1-tur. “Nurafshon” – “Navro‘z” – 2:1

1994 yil. 1-tur. “Nurafshon” – “Navro‘z” – 4:1

1995 yil. 1-tur. “So‘g‘diyona” – “Navro‘z” – 2:0

1996 yil. 1-tur. “Kosonsoy” – “Navro‘z” – 0:1

1997 yil. 1-tur. “Chilonzor” – “Andijon” – 0:1

1998 yil. 1-tur. “So‘g‘diyona” –“Andijon” – 1:0

1999 yil. 1-tur. “Andijon” – “So‘g‘diyona” – 1:2

2000 yil. 1-tur. “Paxtakor” – “Andijon” – 2:2

2001 yil. 1-tur. “Turon” – “Andijon” – 2:1

2002 yil. 1-tur. “So‘g‘diyona” – “Andijon” – 2:1

2003 yil. 1-tur. “Andijon” – “Do‘stlik” – 1:1

2004 yil. 1-tur. “So‘g‘diyona” – “Andijon” – 1:1

2006 yil. 1-tur. “Andijon” – “Metallurg” – 0:0

2007 yil. 1-tur. “Andijon” – “Sho‘rtan” – 1:0

2008 yil. 1-tur. “Andijon” – “Metallurg” – 2:0

2009 yil. 1-tur. “Andijon” – “Lokomotiv” – 0:1

2010 yil. 1-tur. “Andijon” – “Olmaliq” – 3:2

2011 yil. 1-tur. “Nasaf” – “Andijon” – 2:0

2012 yil. 1-tur. “Metallurg” – “Andijon” – 1:1

2014 yil. 1-tur. “Andijon” – “Paxtakor” – 0:1

2015 yil. 1-tur. “Nasaf” – “Andijon” – 3:1

2016 yil. 1-tur. “Paxtakor” – “Andijon” – 2:1

2019 yil. 1-tur. “Qizilqum” – “Andijon” – 1:1

2020 yil. 1-tur. “Lokomotiv” – “Andijon” – 2:1

2021 yil. 1-tur. “Qizilqum” – “Andijon” – 1:0

2023 yil. 1-tur. “Nasaf” – “Andijon” – 0:1

Jamoa chempionatni 6 marotaba g‘alaba bilan boshlagan. O‘tgan yili dastlabki turni Qarshida “Nasaf” maydonida o‘tkazib yagona gol evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritgan.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 02:12, 03.03.2024.
O'qildi: 1333 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.