"Arsenal" bosh murabbiyi jamoa yarim himoyachisi Tomas Partining ahvoli haqida malumot berdi.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli futbolchi og‘ir jarohati sabab 5 oyni o‘tkazib yubordi.
"Tomas so‘nggi o‘yin oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi va hozirda u ketma-ket yana ikkita mashg‘ulotlarda ishtirok etdi, shuning uchun u bugun tarkibda bo‘lishi kutilmoqda", - deya Artetaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "kanonirlar" matbuot xizmati.
Joriy mavsumda Parti barcha turnirlarda beshta uchrashuvda maydonga tushdi va gol ura olmadi.