Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Xokkey. «Humo» alamli tarzda chorak finaldan chiqib ketdi

Xokkey. «Humo» alamli tarzda chorak finaldan chiqib ketdi

Baho:
+ | -

Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston chempionatida ishtirok etayotgan «Humo» chorak final bosqichida pley-offni yakunladi. Dastlabki 5 ta o‘yindan keyin "Sariarqa" klubi 3:2 hisobida oldinda edi. Shuning uchun Qarag‘anda shahrida o‘tkazilgan bugungi bahsda jamoamizga g‘alaba juda zarur edi.

«Humo» dastlabki ikki bo‘limda bittadan gol urib, 2:0 hisobida oldinga o‘tib oldi. Uchinchi bo‘lim o‘rtalarida mezbonlar bitta javob shaybasini kiritishdi.

Bahs tugashiga 2 daqiqa qolganida esa "Sariarqa" muz maydonida darvozabon o‘rniga oltinchi xokkeychini tushirib, tavakkalga qo‘l urishdi. O‘sha paytda "Humo"da bo‘sh darvozani ishg‘ol qilish uchun ikkita imkoniyat yuzaga keldi. Ammo qozog‘istonlik himoyachi qahramonlik ko‘rsatib, jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi.

Bahs tugashiga 52 soniya qolganida esa qozog‘istonliklar hisobni tenglashtirishdi.

Birinchi over-taymning 6-daqiqasida Timur Shingareev "Sariarqa"ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi. Bugungi hisob — 3:2. Seriyadagi hisob esa 4:2. "Sariarqa" yarim finalga chiqqan bo‘lsa, "Humo" joriy mavsumdagi ishtirokini yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, "Humo" o‘tgan mavsumda finalgacha yetib borib, seriyada "Nomad"ga imkoniyatni boy bergandi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:25, 05.03.2024.
O'qildi: 1200 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик