"Lasio" bosh murabbiyi Maurisio Sarri YECHL 1/8 finali javob uchrashuvida "Bavariya"dan uchralgan mag‘lubiyat (0:3) haqida fikr bildirdi.
“Ikkinchi goldan keyin yana bir uchrashuv boshlandi. Birinchi bo‘lim yaxshi saviyada o‘tdi va bugun "Bavariya" hammamiz biladigan jamoa edi. Jamoalar bor kuchlarini berishdi va biz yaxshi o‘ynadik. Ikkinchi gol tufayli biz kiyinish xonasiga xafa holda yo‘l oldik va hammasini tuzatishga deyarli ishonmay qoldik. Ko‘p narsa boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Chempionlar ligasidagi o‘yinimiz ijobiy bo‘ldi: mag‘lubiyatdan ko‘ra g‘alabalar ko‘p bo‘ldi”, — deya Sarrining so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.