Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Nodirbek Abdusattorov 5 soatli «qonli jang»da Maqsudluni mag‘lub etib, muddatidan oldin «Prague Masters» g‘olibiga aylandi!

Nodirbek Abdusattorov 5 soatli «qonli jang»da Maqsudluni mag‘lub etib, muddatidan oldin «Prague Masters» g‘olibiga aylandi!

Baho:
+ | -

Chexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo‘yicha "Prague Masters" xalqaro musobaqasida bugun 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov bu turda eronlik Parham Maqsudluga qarshi oq qora donalarda o‘ynadi. Sportchilar bahs boshidan nisbatan ehtiyotkor o‘yin namoyish etishdi. Bu o‘yinning o‘rtalariga borib, boshqa o‘yinlar yakuniga yetib, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, agar Nodirbek bugun g‘alaba qozonsa, muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritadi.

Shaxmatchilar shoshmasdan pozision kurashni davom ettirishdi. Faqatgina 28-yurishga kelib Abdusattorov vaziyatni biroz ocha boshladi va tomonlar qarama-qarshi hujumlar bilan jangni davom ettirishdi. 40-yurishda esa Abdusattorov o‘z Farzinini qurbon berdi. Bu paytda vatandoshimizning S yo‘lagidagi piyodasi Farzinga chiqishga 2 qadar qolgandi.

43-yurishda Nodirbek raqib taqdim etgan piyodani urmasdan, katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Buning oqibatida Parhamda g‘alaba qozonish imkoniyati yuzaga keldi. Raqibning bosimiga dosh berish uchun uchun Abdusattorovdan juda katta aniqlik talab etilardi. O‘zbek grossmeysteri esa himoyada ishonchli harakat qildi. Buning uchun esa hattoki Ruhni qurbon berishiga to‘g‘ri keldi. Eronlik shaxmatchida Shoh berish imkoniyatiga yakuniga yetgach, Nodirbek o‘sha S yo‘lakdagi piyodasini Farzinga olib chiqish ishlarini boshlab yubordi va 66-yurishda u Farzinga chiqdi. Nodirbek 68-yurishda yana bir ajoyib kombinasiya uyushtirdi. U o‘sha Farzinni qurbon berib, raqibning Farzinini Ot bilan urib olishni reja qilgach, Maqsudli taslim bo‘ldi. Bu paytda taxtada Abdusattorovda Ot va Fil qolgandi. Raqibda esa 4 ta piyoda.



Ushbu g‘alaba tufayli Nodirbek Abdusattorov o‘z ochkolarini 6 taga yetkazdi va muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi. Turnir tugashiga 1 tur qolganida Maqsudlu, Pragnanandha va Nguyen Tai Dai Van hisobida 4,5 tadan ochko mavjud. Hamyurtimiz ertaga Richard Rapport (Ruminiya)ga qarshi dona suradi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:45, 07.03.2024.
O'qildi: 6372 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик