"Milan" vingeri Kristian Pulishich Yevropa ligasi 1/8 finalida Praganing "Slaviya"siga qarshi o‘yin (4:2) natijasidan unchalik qoniqmayapti.
Pulishich bitta gol urib, yakuniy natijani 85-daqiqada tabloga yozdirdi.
"Biz baxtsizmiz - ozchilikda o‘ynagan jamoadan ikkita gol o‘tkazib yubordik va buni qabul qilib bo‘lmaydi.
Biz bunday sharoitda ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz mumkin edi", - deya amerikalik futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Nikolo Skira.