Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Aleksandr Stoymirovich: «Bu g‘alaba biz uchun oldinga katta qadam bo‘ldi»

Aleksandr Stoymirovich: «Bu g‘alaba biz uchun oldinga katta qadam bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Superliganing 1-turi doirasida «Olimpik»ka qarshi o‘yindan keyin «Lokomotiv» bosh murabbiyi Aleksandr Stoymirovich fikrlarini bildirdi.

"Jamoamni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular bugun maksimal ravishda harakat qilishdi. Undan tashqari, murabbiylar shtabi hamda rahbariyatni ham g‘alaba bilan tabriklab qolaman. O‘yin bobida nima deyish mumkin. Jamoaga yangi kelgan futbolchilarning katta qismi mahalliy futbolchilardir. O‘tgan o‘yinda biz o‘yin amaliyoti borasida kichik muammolarga duch keldik. Yangi futbolchilar asta-sekinlik bilan jamoaning qonun-qoidalari, talablarini, taktikasini tushunib borishmoqda. Lekin ba’zida ruhiy muammolarga duch kelyapmiz. Chunki ular o‘z jamoalaridan keyin rasmiy o‘yinlarda qatnashganicha yo‘q. Biroq men ularga ishonaman, chunki biz barchasini hisobga olgan holda seleksiya ishlarini olib borganmiz.

Legionerlardan Ivan Bulatovich Zagrebning «Lokomotiv»ida to‘pig‘idan ikki marta jarohat olgan. Mana bugun u o‘zining katta potensialini ko‘rsatishni boshladi, yaxshi holatini tiklab bormoqda. Undan tashqari, shuni aytishim kerakki, jamoa sardorisiz ikkita o‘yin o‘tkazdik. Sanjar Tursunov o‘tgan mavsum so‘nggi turda «Nasaf» bilan o‘yindagi qizil kartochkasi sababli ikkita o‘yinni o‘tkazib yubordi. Keyingi turda «Paxtakor» bilan o‘yinga u safga qaytadi. Bu jamoa uchun ruhiy tomondan ham katta plyus. Chunki Sanjar jamoa ichida katta ta’sirga ega futbolchi ekanligini yaxshi bilamiz. Shu sababli boshqa futbolchilar u borligida o‘zini xotirjam tutib, ishonchli o‘ynay olishadi.

«Olimpik» haqida nima deyish mumkin… Yosh va tartibli jamoa. Timur Kapadzening jamoadagi faoliyatini qattiq hurmat qilaman. 3 yildan buyon jamoasini yuqori darajada o‘ynatmoqda. Shu sababli g‘alaba osonlikcha kelmadi. Ular hattoki 10 kishi bo‘lib qolganida ham jamoaviylik va avtomatizasiya hisobiga himoyalanish qiyin kechdi. Bu dinamik o‘yinning so‘nggi daqiqalarida biz ochilib ketdik, 100 foizlik imkoniyatlarga ega bo‘ldik, kattaroq hisobda g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. G‘alabadan mamnunman, bu biz uchun katta qadam bo‘ldi. Chunki «Lokomotiv» Pro-ligadan qaytdi, shu sababli g‘alabalarni birdaniga yaratib olish oson bo‘lmaydi. Barchasiga asta-sekinlik bilan erishamiz", — dedi Aleksandr Stoymirovich.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:25, 09.03.2024.
O'qildi: 2714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик