Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Andijon» va uning muxlislarida bayramona kayfiyat yoxud taqdimot marosimi o‘tkazildi

«Andijon» va uning muxlislarida bayramona kayfiyat yoxud taqdimot marosimi o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Nihoyat, Andijonga ham katta futbol bayrami kirib keldi. Ashaddiy va sifatli muxlislari bilan ajralib turadigan «Andijon» klubi 10 mart kuni «Bobur Arena»da yangi mavsumdagi birinchi uchrashuvini o‘tkazadi. Toshkentning «Bunyodkor» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsni andijonliklar katta qiziqish bilan kutishmoqda.

Odatda har mavsum oldidan jamoa a’zolari bilan muxlislar o‘rtasida o‘ziga xos uchrashuv tashkil etiladi va buni yana bir nomi taqdimot marosimi deb ham ataladi. «Burgutlar» birinchi turni safarda OKMKga qarshi o‘tkazgach, jamoa a’zolari o‘z qarorgohida ikkinchi turga tayyorgarlikni boshlagandi. 10 mart sanasi yaqinlashgani sari futbol kayfiyati ham yanada ko‘tarilib borayotganini muxlislar yaxshi his qilib turishibdi. Shu maqsadda 9 mart sanasida «Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar» institutining anjumanlar zalida aynan taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Zal muxlislar bilan to‘lib-toshdi. «Andijon» jamoasini sog‘inishgani shundoq sezilib turardi. Jamoa a’zolarini katta shodiyona va xursandchilik bilan qarshi olishdi. Bu esa futbolchi va murabbiylarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Komiljon Sobirjonovich Komilov so‘zga chiqib, viloyat hokimining jamoaga qarayotgan e’tibori va qo‘llab-quvvatlovini alohida e’tirof etgan holda yangi mavsumda «Andijon»ga omad tiladi. Butun mavsum mobaynida futbolchilardan ijobiy natijalar kutishini, hamma vaqt muxlislarni xursand qilishlari muhimligi va o‘z navbatida barcha shart-sharoitlar yaratilishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Shundan so‘ng «Andijon»ning yangi futbolchilari birma-bir tanishtirildi va ularga o‘z raqamlari tushirilgan futbolkalar topshirildi. Jumladan, Sherzod Esanov №7, Bektemir Abdumannonov №71, Demir Imeri №31, Sunnatilla Abdullajonov №11, Maksim Sarraf №35, Marlen Chobanov №4, Rustam Turdimurodov №77, Luka Zgurskiy №51 va Shaxrom Samiyev №99-raqamlarni qabul qilib oldilar.

Qolaversa, «Andijon» bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ham tadbir davomida so‘zga taklif qilindi. Tajribali mutaxassis avvalo, barchani yangi futbol mavsumi boshlangani bilan qutladi. Jamoa a’zolari mas’uliyatni chuqur his qilib turganligi, albatta, muxlislarni xursand qilish asosiy vazifa ekanligi, mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun bor kuch va imkoniyatlarni ishga solishini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, «Andijon» klubi rahbariyatidan, jumladan jamoa bosh homiysi – «Uzavtosanoat» AJ vakili Rustam Abdurashidovich Mamajonov ham futbol ishqibozlarini yangi mavsum starti bilan tabriklar ekan, «Andijon»ning bir necha yillik istiqbolli dasturi haqida to‘xtaldi. Klub akademiyasini tashkil qilish, bolalar futboliga e’tiborni kuchaytirish uchun amaliy ishlar boshlanganligi va buning uchun Belarusdan malakali mutaxassislar taklif qilinganini aytib o‘tdi. Yaqin kelajakda «Andijon» tarbiyalanuvchilaridan Abbos Fayzullayev va yana shunga o‘xshash boshqa bo‘lajak futbolimiz yulduzlari yetishib chiqishiga umid qilgan holda klubni har tomonlama rivojlantirish borasida ishlar qilinayotganini ham bildirib o‘tdi. Shu bilan birga muxlislarni jamoamizni qo‘llab-quvvatlashi juda ham muhimligini eslatib o‘tdi va jamoamiz a’zolariga omad tiladi.

Bundan tashqari, «Andijon» fan-klub raisi Nodir To‘ychiyev muxlislik madaniyatiga alohida e’tibor qaratish muhimligini barchaga eslatib, har qanday holatda ham «Andijon» jamoasini faol tarzda qo‘llab-quvvatlash lozimligini aytib, barchani stadionga chorladi.

«Andijon» klubi sardori Ildar Mamatkazin esa jamoa nomidan viloyat hokimi Shuhratbek Qo‘shoqboyevich Abdurahmonovga futbolchilarning imzosi qo‘yilgan to‘p va 10-raqamli futbolkani taqdim etdi va bu sovg‘ani viloyat hokimi nomidan o‘rinbosari qabul qilib oldi.

Bir so‘z bilan aytganda, «Andijon» klubining 2024 yildagi o‘z maydonida bo‘lib o‘tadigan ilk uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan taqdimot marosimi juda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi va bundan futbolchilar ham, muxlislar ham o‘ziga yarasha motivasiya oldilar.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 07:20, 10.03.2024.
O'qildi: 874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.