Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Robert Levandovski markaziy himoyachi Pau Kubarsining o‘yini haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men Kubarsi kabi to‘pni yaxshi boshqaradigan markaziy himoyachini ko‘rmaganimga ancha bo‘ldi. Ayniqsa, 17 yosh haqida gapiradigan bo‘lsak. Men Pauni maydon tashqarisida ham ajoyib yigit deb atashim mumkin", - dedi Levandovski Barca Universal bilan suhbatda.
Kubarsi jamoada katta tajribaga ega boshqa futbolchilar borligiga qaramay, mavsumning ikkinchi yarmida “Barselona”ning asosiy himoyachisiga aylandi.