Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Lill" Azarni eslatuvchi maxsus burgerlar tayyorladi

"Lill" Azarni eslatuvchi maxsus burgerlar tayyorladi

Baho:
+1 | -

Yakshanba kuni “Lill” Fransiya chempionati doirasidagi uy uchrashuvini “Renn”ga qarshi o‘tkazadi.

O‘yin kuni "Lill" stadionida maxsus burgerlar sotiladi - bulochkaning tepasida siz Eden Azarning o‘ninchi raqamli formasining konturini ko‘rishingiz mumkin.

Bundan tashqari, arenada Azar surati tushirilgan stakanlardagi ichimliklarni xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Ushbu "sous" ostida Lill qandaydir "noyob voqea"ga ishora qiladi. Eden, ehtimol, stadionda bo‘lar...

Eden Azar “Lill” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘zining birinchi jamoasi uchun belgiyalik futbolchi 194 ta o‘yin o‘tkazib, 50 ta gol urgan va 53 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kuzda Azar nafaqaga chiqish qarorini e’lon qilgandi.

Kiritildi: 19:39, 10.03.2024.
O'qildi: 986 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик