Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Vitaliy Levchenko: «Nsungusi bilan shartnoma tuzishga ikkilanmadik»

Vitaliy Levchenko: «Nsungusi bilan shartnoma tuzishga ikkilanmadik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 2-turida safarda "Dinamo"ni kichik hisobda mag‘lub etgan "Neftchi" klubi ustozi Vitaliy Levchenko o‘yindan keyingi matbuot anjumanida g‘alaba, yangi hujumchi va favoritlar haqidagi savollarga javob berdi.

"Dinamo"ning "Navbahor"ga qarshi bahsini ko‘rgandik va bizga qarshi agressiv o‘ynashini kutgandik. Ularning bosimiga qarshi turib berish va xatolar qilmaslikni reja qilgan edik. Ayni damda sifat haqida gapirish erta. Asosiysi natija edi. Yakunda o‘zimiz uchun kerakli natijani saqlab qola oldik. O‘yin tugagach, futbolchilarga buning uchun rahmat aytdim.

Effiong Nsungusini bu yerga olib kelish uchun ancha oldin harakat boshlagan edik. Uni avvalgi mavsumdayoq olib kelish rejamiz bor edi. Ammo, bu reja amalga oshmagan edi. Uni anchadan buyon kuzatib yurib shartnoma qilishni rejalashtirgandik. Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng nihoyat mavsum avvalida u bilan shartnoma imzolashga erishdik. Unga, Qozog‘istonda, boshqa xorij klublaridan takliflar bor edi. Futbolchini Turkiyadagi yig‘inimizga taklif etishni rejalashtirgandik, ammo Turkiya negadir nigeriyaliklarga viza bermayapti. Sababini bilmayman. Shuning uchun shartnomani shu yerda tuzdik. To‘g‘ri, yig‘inda ishtirok etmadi, ammo shartnoma tuzishda ikkilanmadik, boisi, uni uzoq vaqt davomida kuzatib borgan edik.

Favoritlar haqida mening gapirishim xato bo‘ladi. Bu haqda sizlar, mutaxassislar gapirsa to‘g‘riroq. Bizning vazifamiz esa sifatli futbol ko‘rsatib natijaga erishish", — dedi Levchenko.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:46, 10.03.2024.
O'qildi: 1670 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик