Milanning “Inter” klubi hujumchi Aleksis Sanches bilan shartnomani uzaytirish haqida o‘ylamoqda.
35 yoshli futbolchining “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Chililik futbolchining kelajagi so‘roq ostida edi, ammo hozir, FcinterNews xabariga ko‘ra, klub shartnomani uzaytirishga ko‘proq moyil bo‘lmoqda. Forvardning so‘nggi o‘yinlardagi o‘yini "Inter" rahbariyatini uning munosibligiga ishontirdi va aprel oyida tomonlar kelgusidagi hamkorlikni muhokama qilishadi.
Aleksis Sanches ushbu mavsumda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. A Seriyaning so‘nggi to‘rtta o‘yinida futbolchi bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.













