Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Bir mavsumda ikki mega kubok!

Bir mavsumda ikki mega kubok!

Baho:
+ | -

Faqatgina 11 nafar futbolchi bir mavsumda ham Chempionlar ligasi va ham Yevropa chempioni bo‘lish sharafiga musharraf bo‘lgan.

Italiya termasi «Uembli»da penaltilar seriyasida Angliyani mag‘lub etganida, Jorjinyo va Emerson Yevro-2020da klub miqyosida ham «Chelsi» bilan YECHLni yutganini esdan chiqarib bo‘lmaydi. Biz bir mavsumda har ikkala turnirda zafar quchgan kamyob futbolchilar haqida so‘z yuritamiz. Zero, Yevro-2024 turniri ham eshik qoqib kelmoqda, YECHL-2023/2024 finali esa undan ham yaqin...

Jorjinyo

Jordan Pikford Yevro-2020da Jorjinyoning zarbasini qaytarganda yarim himoyachi va butun jamoaning umidi Donnarummada edi hamda Janluiji ishonchni oqladi. Jorjinyo Roberto Manchini boshchiligidagi g‘alaba qozongan terma jamoaning markazida edi va Tomas Tuxel «Chelsi»ga kelganidan keyin u «Stemford Brij»da ham klubning tayanchi bo‘ldi. Keyinchalik u «Chelsi» bilan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashadi va natijada 2023 yilda kutilmaganda «Arsenal»ga o‘tadi.

Emerson

Emerson «Chelsi»ning Chempionlar ligasi shon-shuhratiga erishish yo‘lida bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va «Portu» bilan chorak finalning birinchi o‘yinida ham boshlang‘ich tarkibdan joy oldi. U shuningdek, «Atletiko» darvozasiga gol urdi va o‘zining oz bo‘lsada hissasini qo‘shdi. Chorak finalda jarohat olgan Spinatsolaning o‘rnini egallagan Emerson asosiy tarkibdan joy oldi. U Ispaniya va Angliyaga qarshi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata oldi.

Krishtianu Ronaldu

«Real Madrid»ning ketma-ket uchta Chempionlar ligasining birinchisi 2016 yilda bo‘lib o‘tdi va bu Ronaldu nihoyat xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozongan yil bo‘ldi. Yevro-2016 boshlanishidan ikki oy oldin «San-Siro»da «Atletiko Madrid»ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonganidan so‘ng, u o‘z mamlakatini finalga olib chiqdi va «yonayotgan» joyida jarohat olib oqsoqlanib qoldi hamda maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldi. Ammo chetda murabbiy rolida Ronaldu o‘z jamoasiga motivasiya berib, chempionlikka o‘zining katta hissasini qo‘shdi.

Pepe

2016 yilning Madrid klubi va Portugaliya termasida dabl chempionlikni qayd etgan yana bir futbolchisi. Markaziy himoyachi jarohat tufayli Yevroning yarim finalini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan bo‘lsada, har ikki finalda 120 daqiqa o‘ynadi. Ajablanarlisi shundaki, u ikkala turnirda ham uchta sariq kartochka oldi.

Fernando Torres

2012 yil Fernando Torres uchun g‘alati mavsum bo‘ldi. U Ispaniya termasida ham Chelsi klubida ham hujumda birinchi tanlov emas edi, lekin u hali ham ikkala jamoaning ajralmas qismi sifatida qaraladi. Shunga qaramay, uning ta’siri sezildi. «Barselona» darvozasiga urilgan gol «aristokratlar»ning finaldagi g‘alabasini va hatto Yevro-2012da Italiya darvozasiga urilgan gol Ispaniyaning g‘alabasiga yetarli bo‘ldi. Polsha va Ukrainada o‘tgan o‘sha turnirda atigi uchta gol urgan bo‘lsada, finalda Xuan Mataga golli uzatmasi unga oltin butsani taqdim etdi.

Xuan Mata

Chempionlar ligasi finalida Didye Drogbaga golli pas, Yevro-2012 finalida chiroyli yakun. Bu Mata uchun juda sermahsul mavsum edi. Mazkur turnirlardan so‘ng Xuan «Manchester Yunayted» klubiga o‘tadi va faoliyatida birozgina pastlash ro‘y beradi.

Ronald Kuman

Kuman 1988 yilda «PSV» bilan Yevropa kubogi (o‘sha vaqtlar shunday nomad bo‘lgan) ya’ni Chempionlar ligasida zafar quchgan, o‘sha yili Niderlandiya terma jamoasi Yevroda barcha yo‘lni bosib o‘tgan hamda bosh sovringa ega chiqqan. U yarim finalda Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabada penaltini aniq amalga oshirib, Marko van Basten ilhomlantirgan jamoa Myunxenda Sovet Ittifoqini mag‘lub etdi.

Xans van Broykelen

Darvozabon Niderlandiyaning Yevro-88 g‘alabasi va «PSV»ning YECHLdagi g‘alabasi uchun bahslarda har bir o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. U «Benfika»ga qarshi so‘nggi to‘qnashuvda ham qahramon bo‘lib, Antonio Velosoning penaltidan tepgan to‘pini qaytardi. Bu klubning bugungi kungacha musobaqadagi yagona g‘alabasi bo‘lib qolmoqda.

Barri van Aerle

1988 yilda oltin dubl qayd etgan «PSV» jamoasining uchinchi a’zosi. Asosan o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynagan Van Aerle Niderlandiyaning Germaniyadagi ishtiroki davomida yarim himoyada o‘ynagan va ikkala turnirda asosiy tarkib futbolchisi hisoblangan.

Jerald Vanenburg

Yana bir bor davom etamiz, o‘sha jamoadan yana vakil. Vanenburg 1986 yilda «Ayaks»dan «PSV»ga o‘tgan va bu ishonchni oqlagan kamyob futbolchilardan edi. Ikki yil o‘tgach, o‘ng qanot himoyachisi oltin medallar bilan o‘zining sovrinlar javonini to‘ldirdi.

Luis Suares

Yo‘q, bu inson hayolingizga kelgan futbolchi emas. Ushbu afsonaviy ispaniyalik yarim himoyachi 1964 yilda Anri Delauni kubogini boshi uzra ko‘targan, o‘sha yili «Inter» jamoasi bilan ketma-ket yevrokuboklarda g‘alaba qozongan. O‘sha yili u ajoyib xet-trik qilishga juda yaqin keldi va «Oltin to‘p» uchun yakuniy reytingda ikkinchi bo‘ldi. O‘shanda Dennis Lou uni ortda qoldirgan edi.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:58, 11.03.2024.
O'qildi: 2955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.