Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Fevzi Davletov: "Bugungi bahsdan shokdaman"

Fevzi Davletov: "Bugungi bahsdan shokdaman"

Baho:
+ | -

Superliga 2-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – "Surxon" (2:1) uchrashuvidan so‘ng termizliklar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ikki xil taym guvohi bo‘ldik. Futbolchilarda ishonch yetishmadi. Kulgili gol o‘tkazib yubordik, keyin penalti sodir bo‘ldi. Ochig‘i, o‘zim ham biroz shokdaman. Ikkinchi bo‘limda esa Qizilqum qarshi hujumga tayanib harakat qildi. Ushbu vaziyatdan chiqishimiz lozim.

Nimelida jarohat mavjud. Qolaversa, Krimetsda ham jarohat bor. Ushbu yo‘qotishlar sabab hujumda ham, himoyada ham o‘yinni qayta qurishga to‘g‘ri keldi. Silvanus "Andijon" bilan bahsga qadar safga qaytishi kutilmoqda.

Ijobiy natijaga umid qilgan edik. Hujumkor o‘yin ko‘rsatmoqchi edik, ammo raqib imkon bermadi. Ularni pressingga taklif qildik, biroq, himoyalanishda xatoga yo‘l qo‘ydik. Oldinga chiqishni so‘ragan bo‘lsam-da, futbolchilar ortga qaytib harakat qilishdi.

Abdurahmonov "Paxtakor" bilan bellashuvda faol o‘ynagan edi. Bugun unga ishonch bildirgan edik. O‘zingiz guvohi bo‘ldingiz", - dedi Davletov.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 05:42, 12.03.2024.
O'qildi: 1105 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик