Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karrager: "Inter"ning musobaqadan chiqib ketishi ko‘proq "Manchester Siti"ni xursand qildi"

Karrager: "Inter"ning musobaqadan chiqib ketishi ko‘proq "Manchester Siti"ni xursand qildi"

Baho:
+ | -

Angliyalik sobiq futbolchi Jeymi Karrager "Inter"ning Chempionlar ligasini tark etishiga munosabat bildirdi.

Xabaringiz bor, chorshanba oqshomida “Inter” “Atletiko”ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.

"Menimcha, "Manchester Siti" bu natijadan xursand. Chunki "Inter" "Manchester Siti"ga muammo tug‘dira oladigan kam sonli jamoalardan biri edi. "Atletiko" buni uddalay olishiga ishonchim komil emas. Umuman olganda, turnirda qolgan ko‘plab jamoalar "Inter"ning musobaqadan chiqib ketganidan xursand", — dedi Karrager CBS nashriga.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi finalida "Manchester Siti" "Inter"ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Kiritildi: 22:49, 14.03.2024.
O'qildi: 1034 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик