Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Umarali Rahmonaliyev: «Kante ham hayotdagi, ham futboldagi kumirimdir»

Umarali Rahmonaliyev: «Kante ham hayotdagi, ham futboldagi kumirimdir»

Baho:
+ | -

Keyingi yillarda o‘zbek futbolidan bir necha iqtidorli ijrochilar yetishib chiqishi yaxshi an’anaga aylandi.

Ayniqsa, o‘tgan yili 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida tashkil etilgan Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan, keyinroq qit’a chempioni sifatida Argentinadagi jahon chempionatida yuqori saviyali o‘yin ko‘rsatgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasidan bir necha o‘yinchilar Yevropaning kuchli ligalarida o‘ynashni ko‘zlamoqda. Xususan, Abduqodir Husanov Fransiyani zabt eta boshlagan bo‘lsa, o‘sha terma jamoaning yana ikki yetakchisi - Abbosbek Fayzullayev va Umarali Rahmonaliyev Yevropa ligalariga Rossiya orqali yo‘l ochish variantini tanladi.

- Umarali, Qozonga kelganingizga ham bir yil bo‘ldi, lekin hamon klub bazasida yashayapsiz. Nega?

- Har ikki oyda terma jamoada o‘yinlarim bo‘lardi, doimiy tarzda safar qilishimga to‘g‘ri keldi, shu bois ijaraga uy olishni istamagandim. Bazada esa qulaylik bor, tartib-intizom va rejimga amalga qilish osonroq. Mashg‘ulotlardan keyin trenajyor zalida shug‘ullanib, tiklanib olishim mumkin. Bo‘ydoqman va bazada yashasam ham bo‘laveradi. Ota-onam hali Qozonga kelishgani yo‘q, singlimni o‘qishi bor, lekin yaqinda mehmonga kelishadi.

- Ular nima nima ish qilishadi?

- Otamning o‘z biznesi bor, onam esa o‘qituvchi. Namanganda yashashadi. Ularni Toshkentga ko‘chib o‘tishga ko‘p marotaba undadim, lekin hech ko‘nishmadi. Bizning o‘z hovlimiz bor. Ukam ham bor, yaqinda oltiga to‘ldi. U ko‘chada to‘p tepadi. Har doim futbolkalar va to‘plar olib kelishimni so‘raydi. Agar futbolga qiziqishi so‘nmasa, yordam beramiz, albatta.

- Futbolni qanday boshlagansiz?

- Men ham ko‘pchilik bolalar kabi mahalla ko‘chalarida boshlaganman. Keyin maktabdagi seksiyada 3 yil shug‘ullandim, undan keyin bizni sport maktabiga ko‘rikka chaqirishdi.

- «Bunyodkor» sizlarni qachon olib ketgan?

- 15 yoshimizda. Toshkentda turnir tashkil qilishdi va meni ko‘rikka chaqirishdi. Kelsak, yuzlab bolalar bor ekan. «Bunyodkor» top-klub va hamma uning akademiyasiga kirishni istardi. Kiyim almashtirish xonasida o‘tirsak, murabbiy kirib Umid Sultonovni (hozir «Bunyodkor»da o‘ynayabdi) ko‘rsatdi. Bir jamoadan uch kishi edik, faqat uni olisharkan. Keyin sekin chiqish eshigiga yo‘l oldik. Murabbiy ortimizdan chaqirdi va faqat ikki kishini olishini aytdi. Biz buni o‘z murabbiymizga aytdik. U kishi «Yo uchalangni oladi, yoki hech kimni, bo‘lmasa, boshqa akademiyaga - «Paxtakor»ga olib boraman», - dedi. Natijada bizni olib qolishdi.

- Birinchi murabbiylaringizdan biri sizni jismoniy ko‘rsatkichlaringiz tufayli olishni istamaganini aytgandi...

- Bunday emas. Aksincha, ko‘pchilik mening jismoniy kuchim ko‘rinishimga nisbatan ko‘p ekanidan hayratga tushardi, tengqurlarim mendan baland edi.

- Boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishdan qo‘rqmadingizmi?

- Yo‘q, men allaqachon ko‘nikib qoldim. 15 yoshimdan oilamsiz yolg‘iz yashayman, «Bunyodkor» maktabiga olib ketilganida - Toshkentda edim, oilam esa Namanganda yashardi. Shunday qilib, men o‘z uyimdan uzoqda hayotga moslashish qanday ekanligini bilaman.

- Siz o‘ynaganda, formangizni Ngolo Kantenikiga o‘xshab to‘g‘rilaysiz. Nega?

- Bu men uchun - ritual. Birinchidan, formani tartiblab olish intizomli ekaningdan dalolat beradi, o‘zingni nazorat qilasan. Kantega o‘xshab deganingizga u mening hayotda va futboldagi kumirim. Kamtarin inson, o‘zini hech qachon jamoadan ustun qo‘ymaydi.

- Demak, siz yoqtirgan chempionat Angliya Premyer-ligasi, jamoa esa, «Chelsi» ekanda?

- Ha men Angliya Premyer-ligasini yaxshi ko‘raman. Maqsadim o‘sha yerda o‘ynash, ertami-kech Premyer-ligaga borish. Lekin menga «Manchester Yunayted» yoqadi.

- Nimasi bilan?

- Bolaligimdan shunday, chunki Krishtianu Ronaldu harakatlaridan hayratga tushardim. Yana «Real» va «Milan» ham yoqadi. Ayniqsa, Ronaldino, Bekxem, Gattuzo o‘ynagan «Milan» yoqardi. Gattuzo - qirol! Hozir u kabi o‘ynasang, o‘sha zahoti chetlatishadi!

- «Manchester Yunayted»dagi eng yoqtirgan futbolchingiz kim?

- Ronaldu. Menda uning futbolkasi bo‘lardi!

- «Rubin»ga o‘tayotganingizda Rustam Ashurmatov ham kelishini bilarmidingiz?

- Klubning unga qiziqayotganini bilardim, ammo o‘sha paytda hali rasmiy shartnoma imzolanmagandi. Agentim O‘zbekistonda menga muzokaralar olib borilayotganini aytdi. Rustam xuddi akamdek! Yurtimda u bilan shaxsan tanish emasdim va birinchi marta «Rubin»da tibbiy ko‘rikdan oldin uchrashdik.

- Rossiya chempionati O‘zbekistondan nimasi bilan kuchliroq?

- Rossiyada nafaqat texnik, balki jismoniy fazilatlar ham muhimdir. Siz yerda mustahkam turishingiz kerak! Agar zaif bo‘lsangiz, shunchaki raqobatlasha olmaysiz. Ammo so‘nggi yillarda O‘zbekiston chempionati darajasi ham oshdi. Ilgari faqat texnikaga, bugungi kunda jismoniy va taktikaga ham e’tibor qaratilmoqda. Albatta, agar «Rubin» O‘zbekistonda o‘ynasa, shubhasiz eng kuchli klub bo‘lardi.

- Rus tilida yaxshi gapiryapsiz. Lekin nega undan kam foydalanasiz?

- Xato qilishdan qo‘rqaman. Agar biron bir joyda xato qilsam, darhol trendga chiqib qolaman (kuladi).

- Chet elliklar bilan ingliz tilida ravon gaplashayotganingizni eshitdim...

- Namanganda yashaganimda har kuni ingliz tilini o‘rganardim. Mana, bugun o‘sha mehnatim samarasini bermoqda.

- Osiyo Kubogi o‘yinlarini tomosha qildingizmi?

- Terma jamoamizning har bir o‘yinini tomosha qildim. Biz yaxshi o‘ynadik, lekin shunga qaramay Qatarda ma?lubiyatga uchradik - juda xafa bo‘ldim. Biz yaxshi o‘ynadik - bu terma jamoamizning eng yaxshi o‘yini emas. Axir bizda jarohatlar juda ko‘p edi - asosiy hujumchi Eldor Shomurodov o‘ynamadi.

- Terma jamoangizning eng kuchli o‘yinchisi kim?

- Yoshlarimiz juda yaxshi ko‘rinadi, ammo butun jamoa yaxshi o‘ynadi. U yerda do‘stlarim o‘ynashadi va hech kimni xafa qilmaslik uchun ismlarni aytmayman.

- Fayzullayev ismini kutayotgandim.

- U ajoyib o‘yinchi, lekin agar uni aytsam, Abduqodir xafa bo‘ladi (Abduqodir Husanov). Bizda yaxshi o‘yinchilar juda ko‘p!

- Bahorda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida igtirok etasiz. Terma jamoa oldida qanday vazifalar turibdi?

- Ushbu turnir orqali Parijdagi yozgi Olimpiada o‘yinlariga borishimiz mumkin. Maqsad aniq - eng yuqori o‘rinlarni egallash, lekin biz bosqichma-bosqich boramiz. Biz chempion bo‘lamiz, deb ayta olmayman. Inshalloh! Barcha raqiblar kuchli.

- Jahon chempionatidan keyin sizga Yevropa klublari tomonidan katta qiziqish bo‘ldi.

- Suhbatlar bo‘ldi, turli agentlar turli messenjerlar orqali yozishdi. Lekin men bosh qotirib o‘tirmadim. Agentimni ro‘para qilib qo‘ydim. Men mashq qilishim, o‘ynashim va bu haqda o‘ylamasligim kerak.

 MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:40, 18.03.2024.
O'qildi: 1155 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.