"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zi uchun yoqimsiz bo‘lgan holatlar haqida gapirdi:
"Faoliyatim davomida faqat bitta avtogol urganman. Bu "Real"ning "Granada"ga qarshi o‘yinida sodir bo‘lgandi.
Burchak to‘pi bo‘ldi, to‘p biroz boshimga tegdi va darvozaga kirib ketdi. Biroq avtogoldan ko‘ra urilmagan penalti yoqimsizroqdir" - deya Krishtianuning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.