"Milan" yulduzi Kristian Pulishich juma kuni AQSHning Yamayka ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng xursandchiligini yashira olmadi: "Hech qachon taslim bo‘lmang", deya ijtimoiy tarmoqqa post joylagan futbolchi.
AQSH Yamayka ustidan ajoyib 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, KONKAKAF Millatlar Ligasi finaliga yo‘llanma oldi.
Pulishich terma jamoa bilan 64 ta xalqaro o‘yinda 28 ta gol urgan.