Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Braim Dias Marokash terma jamoasidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi.
24 yoshli futbolchi Valid Regragi jamoasining Angola terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida asosiy tarkibidan joy oldi. "Los-Blankos" yarim himoyachisi uchun bu uning Marokash safida maydondagi debyuti.
Eslatib o‘tamiz, Braim Dias mart oyida futbol fuqaroligini o‘zgartirgan edi: u Ispaniya terma jamoasida o‘ynashi mumkin edi, lekin Marokash taklifini qabul qilgandi.