Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Keyn va Mbappe o‘rtasida raqobat

Keyn va Mbappe o‘rtasida raqobat

Baho:
+ | -

Bugungi kunda Yevropa futbol markazida Garri Keyn va Kilian Mbappe eng sermahsul hujumchilar bo‘lib turishibdi.

Ular CHL tarixidagi eng yaxshi goleadorlar qatoridalar. 5 mart kuni CHL-dan o‘rin olgan o‘yinlarda ham shu ikki futbolchi asosiy qahramon sifatida ko‘zga tashlandi. Jumladan, «PSJ» hujumchisi «Real Sosyedad» bilan javob o‘yini 15-daqiqasida intrigani koma halatiga olib keldi, ikkinchi bo‘limning boshlang‘ich qismida esa, uni «dafn» etdi - «dubl» va «PSJ» g‘olib (2:1). Angliyalik hujumchi esa «Lasio» bilan o‘yinda ikki gol urib, «Bavariya»ning 3:0 hisobida ustun kelish asnosida keyingi raundga sakrashida katta rol bajardi.

CHL: tarixdagi eng yaxshi to‘purarlar

Har ikki yulduz hujumchini oldinda chorak final bahslari kutib turibdi, demak, ularda turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida o‘z mavqelarini oshirish imkoniyati yetarli. To‘g‘ri, Keyn allaqachon 30 yoshni urib qo‘ydi va hozirgi 27ta goli bilan ancha yuqoriga ko‘tarilishi qiyin. Boshqa tomondan, u 40ta gol marrasini zabt etish va CHL tarixidagi eng yaxshi 20 nafar to‘purar qatoriga kirish imkoniyatiga ega. Garri joriy mavsumning o‘zida 6ta gol urganini nazarda tutsak, uning uchun raqiblar darvozasini yana 13 marta nishonga olish - bajarsa bo‘ladigan vazifa. Angliya terma jamoasi yetakchisi faqat buning uchun hozirgi sur’atini saqlab qolishi kerak. Mbappening goleadorlar ro‘yxatidagi istiqboli esa ancha jiddiy. Har holda, yana 4tagina gol ursa, top-10dan joy oladi. Lekin Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi fransiyalik uchun ham ancha olisda...

Darvoqe, CHLdagi «dubl»lar hisobiga Keyn va Mbappe Yevropaning kuchli 5ta ligasi vakillari orasida joriy mavsumning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida dastlabki ikki pog‘onadan joy olishdi. Ta’qibchilar bilan o‘rtadagi farq juda katta, to‘g‘ri, Erling Xoland joriy mavsum jarohat tufayli naq 8ta o‘yin­ni o‘tkazib yuborganini unutmaslik kerak. Shuningdek, Mbappe va Keyn «dubl»lar evaziga joriy mavsum birinchi bo‘lib, 40ta samarali harakat (gol va assistlar bo‘yicha) marrasini zabt etishdi.

Yevropa CHK/CHL: o‘rtacha mahsuldorlik bo‘yicha yetakchilar

Keyn ayni payt CHL tarixida eng ko‘p gol urgan angliyaliklar orasida 2-o‘rinda. U birgina Ueyn Runi (30ta gol)dan 3ta golga ortda qolmoqda. Mbappe esa turnirning fransiyalik to‘purarlari ro‘yxatida Karim Benzema (90ta gol) va Tyerri Anri (51ta gol)dan keyin 3-o‘rinda. Shuning barobarida Garri va Kilian CHL tarixida eng sermahsul to‘p­urarlar- (o‘rtacha hisobda 1ta o‘yinga to‘g‘ri keladigan gol miqdori)ning kuchli 10taligi (kamida 25ta gol urganlar orasida)dan joy olishga yaqin turishibdi. To‘g‘ri, ular bu masalada hali ko‘proq tirishishlari kerak.

CHL-2023/2024: kutilgan gollar bo‘yicha eng yaxshilar

Keyn va Mbappe uchun joriy mavsum omadli kechmoqda, har holda, shaxsiy mahsuldorlik nuqtai nazaridan. Ular 6tadan gol bilan CHL to‘purarlar poygasida oldinda borishmoqda. Keyn raqib darvozasi oldida biroz effekt­liroq - angliyalik hujumchi kutilganidan 1,5ta ko‘p gol urdi. Mbappening ko‘rsatkichi birozgina pastroq (5,6 xG bilan 6ta gol), ehtimol saviyasi ham. Umuman olganda, joriy mavsum CHLda eng ko‘p imkoniyat Erling Xoland uchun yaratildi - norvegiyalik 6,1 xG ko‘rsatkichi bilan 6ta gol nishonladi.

CHL-2023/24: zarbalar soni bo‘yicha peshqadamlar

Hammasi mantiqqa mos: Keyn va Mbappe joriy mavsum CHL eng ko‘p zarba beruvchilarning kuchli 10taligida. Zarbalar soni bo‘yicha Kiliandan birgina Erling Xoland oldinda, Garri esa 7-o‘rinda.

Mbappe va Keyn uchun chorak final naqd. Har ikkisi CHLda zafar quchishga jiddiy yondashadi. Zero, Kilian ham, Garri ham «shalpang­quloq» kubokni hali qo‘lga kiritmagan. Qolaversa, nihoyat, kubok yutish Keynga ham, Mbappega ham muhim. Bu Kilian uchun «Real»ga o‘tishdan oldin «PSJ»dagi davrni chiroyli tarzda yakunlash imkoniyati bo‘lsa, Garri uchun butun faoliyatida birinchi jiddiy sovrin yutish yo‘lida so‘nggi urinishlardan biridir.

A.Abduhamitov tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:46, 24.03.2024.
O'qildi: 1219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.