Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya

Germaniya terma jamoasi debyutanti "Bavariya"ning asosiy nishonlaridan biriga aylandi

Germaniya terma jamoasi debyutanti "Bavariya"ning asosiy nishonlaridan biriga aylandi

Baho:
+ | -

"Bavariya" "Shtutgart" vingeri Kris Fyurixning transferiga jiddiy umid qilmoqda.

Myunxenliklar 26 yoshli futbolchiga yaqin o‘tmishda ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Jurnalist Tobi Altshaffl xabar berishicha, "Bavariya"ning niyati jiddiylashdi - Fyurix endi yozdagi asosiy transfer maqsadlaridan biri. Fevral oyi boshida futbolchi “Shtutgart” bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirdi, ammo myunxenliklarning bosslari bundan cho‘chimayapti. Shartnomada 23,5 million yevro miqdorida tovon puli ko‘zda tutilgan.

Manbaga ko‘ra, Kris Fyurixga Dortmundning "Borussiya", "RB Leypsig" va "Bayer" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchi yaqinda Germaniya terma jamoasidagi ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi.

Kiritildi: 00:25, 27.03.2024.
O'qildi: 1034 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик