Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Xavining La Ligadagi diskvalifikasiyasi o‘z kuchida qoladi

Xavining La Ligadagi diskvalifikasiyasi o‘z kuchida qoladi

Baho:
+ | -

“Barselona” bosh murabbiyi Xavining La Ligadagi diskvalifikasiyasi o‘z kuchida qoladi.

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ispaniya chempionati doirasida “Atletiko”ga qarshi kechgan bahsning (3:0) birinchi bo‘lim oxirida maydondan chetlatilgan edi. Mutaxassis hakam Xose Mariya Sanches Martines bilan tortishgani uchun 2 daqiqa ichida 2 ta sariq kartochka olgan.

Ispaniya qirollik futbol federasiyasi Xavini chempionatning 2 ta o‘yiniga chetlatish bo‘yicha qaror qabul qilgan. “Barselona” esa bu borada apellyasiya bergan.

Marca nashrining xabariga ko‘ra, ushbu apellyasiya rad etilgan va Xavining diskvalifikasiyasi o‘z kuchida qolgan.

Shu tariqa murabbiy “Las-Palmas” va “Kadis”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi va “Real”ga qarshi o‘yinda qaytishi mumkin bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:54, 27.03.2024.
O'qildi: 1924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик